ASQh qo'shinlari Xonobodni kelasi olti oy ichida tark etishi mumkin


AQShning Qir’gizistondagi kuchlari yaqin kunlarda uning O’zbekistondagi qo’shinlari bajarib kelgan ayrim vazifalarni o’z bo’yniga oladi.

Bazalar Afg’onistondagi amaliyotlarda qo’l kelayotgan edi, ammo AQShning Qirg’izistondagi elchisi Stifen Yongning aytishicha, mamlakat harbiylari Xonobodni kelasi olti oy ichida tark etishi mumkin.

2001 yil oxirida O’zbekiston ham, Qir’giziston ham AQShga o'z bazalaridan foydalanishga ruxsat bergan edi. Vashington Islom Karimov hukumatini shu yilning may oyida Andijondagi qo’zg’olonga qanday yakun yasagani borasida keskin tanqid ostiga olar ekan, 30 iyulda O’zbekiston hukumati AQShdan Xonobod bazasini rasman bo’shatishni so’radi.

Qirg’iziston esa, AQSh Manas havo bazasidan zaruriyat qadar foydalanishi mumkin, deb ma’lum qildi.

XS
SM
MD
LG