Gruziyaning sobiq rahbari O'zbekiston va Markaziy Osiyodagi vaziyat haqida fikrini bildirdi


Gruziyaning sobiq prezidenti Eduard Shevardnadze Amerika ovozi radiosi tomonidan payshanba kuni uyushtirilgan suhbatning mehmonlaridan biri bo'lib, Markaziy Osiyodagi notinch vaziyat va O'zbekistonda islom fundamentalizmi tahdidi haqida o'z fikrlarini bildirdi. Eduard Shevardnadze 2003 yilning noyabr oyida Gruziyadagi atirgullar inqilobi natijasida iste'foga chiqishga majbur bo'lgan edi.

Gruziyaning sobiq rahbari O'zbekiston hukumati qo'shinlarining Andijondagi namoyishchilarni o'qqa tutganliklarini keskin tanqid ostiga oldi, biroq, shu bilan birga dedi u, ayni paytda O'zbekistonda prezident Islom Karimovning qattiqqo'l siyosatiga muqobil siyosat yo'q.

Eduard Shevardnadze: "Qozog'iston bilan boshqa Markaziy Osiyo davlatlariga kelsak - men bu haqida bemalol gapirishim mumkin, chunki iste'foga o'z ihtiyorim bilan chiqqanman - men o'z o'rnimni egallay oladigan yoshlarni ulg'aytirganman. Qozog'iston bilan boshqa Markaziy Osiyo davlatlarida vaziyat boshqacharoqdir. Agar u yerdagi saylovlardan so'ng, hokimiyatga Nazarboyev yoki Karimovning siyosatiga qarama-qarshi siyosatni olib boradiganlar kelsa, u holda butun boshli mintaqada vaziyat o'zgarishi mumkin. Qozog'istonda islom fundamentalizmining xavfi katta emas, biroq O'zbekistonda do'stim Karimov g'alayon ko'targan namoyishchilarga qarshi kuch ishlatishiga qaramay, men uni bu borada qandaydir bir darajada qo'llab-quvvatlayman. Shaxsan o'zim qon to'kilishiga qarshi bo'lsam ham, agar Karimovning o'rniga islomiy fundamental kuchlar kelsa -- bu esa juda ham haqiqiy tahdid - u holda Karimov prezidentligini davom ettirgani ma'qil, deb hisoblayman."

XS
SM
MD
LG