Breaking News

Jahon Chempionatiga saralash bosqichidagi so'nggi o'yinda O'zbekiston Quvaytni 3-2 ga yutdi


Bugun futbol bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi jahon chempionatiga yo'llanma olish uchun Quvayt terma jamoasi bilan uchrashuvda so'nggi imkonijatdan foydalandi.

O’zbekiston Quvaytni Toshkentda 3-2 hisobida yutdi. O’zbekiston tomondan gollarni Server Jepparov, Maksim Shatskix va Anvar Soliyev urdi.


O’zbekiston milliy terma jamoasining Quvayt bilan o'yinga qay darajada tayyor ekanligi haqida O’zbekiston futbol federatsiyasi vakillaridan farqli ravishda Paxtakor stadioniga tashrif bujurgan muxlislar turlicha fikrlar bildirishadi.

O'zbekiston va Quvayt o'rtasidagi o'yin qanday natija bilan tugaganidan qat'iy nazar futbol mutaxassilariga ko'ra ham terma jamoani tayyorlashda O'zbekiston futbol federatsiyasi tomonidan bir qator xatoliklarga yo'l qo'yilgan. Jumladan, terma jamoaning shu vaqt mobaynida biror marta yig'ilib o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazmagani va milliy terma jamoaning Quvayt bilan o’yiniga oz vaqt qolganda jangi murabbiyning tajinlanishi. Muxlislarga ko’ra murabbiy terma jamoa vakillari bilan etarli ravishda tayyorlanish imkonijatiga ega bo’lmagan.


O’zbekiston futbol jamoasining terma jamoa bilan ishlash bo’limi boshlig’i Alisher Nikinbaev berayotgan malumotlarga ko’ra, o’yin qanday natija bilan tugamasin bosh murabbiy bilan hamkorlik davom yetadi.

O’zbekiston terma jamoasining Quvayt bilan uchrashuvidan avval Rossiyaning Lokomotiv jamoasining uch o’yinchisi O’zbekiston terma jamoasida ishtirok etmasliklarini ma’lum qilgan edi. Jamoa matbuot kotibi Sanjar Rizayevga ko’ra, bu narsa terma jamoaning bugungi o’yiniga hech qanday tasir o’tkazmaydi.

Ancha yillardan buyon futbol ishqibozi bo’lib kelayotgan terma jamoa muxlislaridan biri Abdusattor Jumanazarov o’yinchilarni tanlashda quyidagi tomonlarga ahamiyat qaratish lozimligi haqida umid bildirib o’tadi.

Ta’kidlab o’tish lozim O’zbekiston milliy terma jamoasining hal etuvchi o’yiniga respublikaning turli viloyatlaridan muxlislar tashrif buyurdilar.

Chiptalar o’yin boshlanishiga uch soat qolganda ham sotilayotgan edi.
Agar milliy jamoaning Quvayt bilan o’yinida O’zbekiston mag’lulibatga uchragan taqdirda, ayrim muxlislar poytaxt ko’chalarida ashaddiy ishqibozlar tomonidan tartibsizliklar uyushtiriladi, deb xavotir bildirgan edilar. O’zbekiston futbol jamoasiga ko’ra, buning oldini olish uchun barcha xavsizlik choralari ko’rilgan edi. Angliyalik bosh murabbiy kelganiga qisqa muddat bo’lishiga qaramasdan, u o’z ishlash tajribasini ko’rsatadi, degan umid bor.

XS
SM
MD
LG