Breaking News

O'zbekiston Senati AQShni Xonoboddagi aviabazadan chiqarish taklifini yoqladi


O'zbekiston Senatining uchinchi yalpi kengashida senatorlar O'zbekistonda joylashgan AQSh harbiy bazasini yopish haqida qaror qabul qilishdi. Senatorlarga ko`ra, harbiy bazaning O'zbekistonda qolishi mintaqadagi xavfsizlikka tahdid solishi mumkin. Senat yig'ilishida so`zga chiqqan Qashqadaryo viloyati hokimi senator Nuriddin Zaynievga ko`ra, AQSh harbiy bazasini chiqarish masalasi aholidan olingan arizalarga ko`ra amalga oshirilgan. Senatorlar AQSh harbiy bazasining mamlakatda qolishi mintaqadagi vaziyatni beqarorlashtirishga xizmat qilishi mumkin, degan fikr bildirdilar.

Yalpi kengashda so`zga chiqqan senatorlar Aqsh va Ozbekiston munosabatlariga va Ozbekiston tomonidan haqida ham gapirib o`tishadi. Huquqshunoslik instituti rektori senator Mirzayusuf Rustamboyevga ko`ra, AQSh harbiy bazasini chiqarish talabining Andijondagi voqealariga aloqasi yo'q, chunki talab 2002 yildan boshlab ko`tarila boshlangan. Biroq aynan 2002 yilda, prezident Karimovning Vashingtonga safaridan so'ng, O'zbekistonning AQSh bilan aloqasi eng yuqori cho'qqiga chiqqan.

Senatning Xalqaro aloqalar qo`mitasi raisi Sodiq Safoyevning ta'kidlashicha, AQSh harbiy bazasini joylashtirish ehtiyoji aynan O'zbekistonning milliy xavfsizligi tahdid ostidaligida yuzaga kelgan edi. Bundan tashqari rasmiy Toshkentning fikricha, amerikaliklarning Xonobod bazasida faoliyat yuritishi atrof-muhitga ham zarar keltirmoqda.

O'zbekiston inson huquqlari jamiyatining Qashqadaryo viloyati bo`yicha raisi Yodgor Turlibekov Senat nega endi aynan bugunga kelib ekologiya muammolariga e'tibor qaratayotganiga ajablanganini va qarorning Andijon voqealari bilan bog`liqligiga ishonishini, aytdi.

AQShda bir necha yil ilgari siyosiy boshpana olgan O'zbekistonning AQShdagi ilk elchisi hamda o'tmishda Oliy Sud raisi va Adliya vaziri bo'lib ishlgan Bobur Malikovning so'zlariga qaraganda, Senat o'z tashabbusi bilan emas, balki prezident Karimovning buyrug'iga ko'ra bazani yopish masalasini kundalik tartibiga kiritgan. Senat bu masalani, rasmiy xabarlarda aytilganidek, Xonobod yaqinida istiqomat qiladigan 50 fuqaroning arizasiga asoslangan holda ko'tarmagan, deydi Malikov. "Andijon voqeasi bunga yaqqol misol. Turli iqtisodiy va ijtimoiy talablar bilan chiqqan minglab namoyishchilarga nima bo'lganini hamma yaxshi biladi," deb o'z so'zini yakunladi Bobur Malikov.

XS
SM
MD
LG