Breaking News

BMT sammiti deklaratsiyasi ustida kelishuvga kelindi


Birlashgan Millatlar Tashkilotida Nyu Yorkda ochilgan sammitida qabul qilinishi kutilayotgan deklaratsiya matni ustida kelishuvga kelindi.

Hujjat muhokamasi bir necha hafta davomida, ertayu-kech davom etdi. BMT Bosh assambleyasida yig’ilgan diplomatlar kelishuvni qarsaklar bilan olqishladilar.

AQShning BMTga vakil muovini Anna Patterson eng so’nggi muzokaradan tabassum ila chiqib keldi.

- Kelishuvga erishildi. Hujjatni juma kuni rahbariyatga yo’llaymiz, - dedi Patterson xonim.

35 sahifali hujjat, tomonlarga butunligicha ma’qul bo’lmasada, muzokara jarayonida o’z e’tirozlari bilan tanilgan Misr elchisi, Majid Abdulaziz, bir murosaga kelish vaqti yetganini aytdi.

- Men assambleya raisi taklif qilgan matnni, iloji bo’lsa sal o’zgarishlar bilan qabul qilgan bo’lardim, deydi elchi. Iloji bo’lmagan taqdirda ham, u ishimizga yaxshi asos bo’lib xizmat qiladi.

Sammitda nutq so'zlagan prezident Bush BMTni isloh qilishga chaqirib, tashkilot korruptsiyadan ozod bo'lishi kerak, dedi. Shuningdek, Bushga ko'ra, inson huquqlarini poy-mol etuvchi davlatlarni BMT Inson huquqlari bo'yicha bosh komissariyat a'zoligidan chiqarish lozim.

Qabul qilinishi kutilayotgan 35 sahifadan iborat hujjat, asosan BMTni isloh qilish haqida. Qolgan qismlari dunyo taraqqiyoti, inson huquqlari kengashi tuzish, terrorizm va global xavfsizlik masalalariga tegishli. Uning qurolsizlanish va qurollarni yoymaslik haqidagi bandlari olib tashlangan.

AQShning BMTdagi elchisi Jon Boltonning ta’kidlashicha, uning BMT boshqaruvini isloh qilish haqidagi ba’zi umidlari puchga chiqqan. Ammo shu bilan birga, AQSh hujjatga terrorizm va inson huquqlari borasida muhim bandlarni kiritgan.

BMT Bosh kotibi Kofi Annan hujjatning qurolsizlanish haqidagi bandining olib tashlanganidan norozi bo’lib, buni sharmandalik deb atadi. Ammo bu, dedi u, muvaffaqiyatsizlik belgisi emas.

- Tashkilot 191 a’zodan iborat ekan, har doim ham xohlagan narsamizga erisholmaymiz, bu tabiiy, deydi Annan. Masala ustida ishlashda davom etamiz.

Janob Annan muzokara jarayonida, uning so’zlari bilan aytganda, “ba’zi buzg’unchi mamlakatlar” yon berishdan bosh tortdi, deya ularni tanqid ostiga oldi. Ammo bu mamlakatlar nomini aniq aytmadi.

Sammitda nutq so'zlagan prezident Bush BMTni isloh qilishga chaqirib, tashkilot korruptsiyadan ozod bo'lishi kerak, dedi. Shuningdek, Bushga ko'ra, inson huquqlarini poy-mol etuvchi davlatlarni BMT Inson huquqlari bo'yicha bosh komissariyat a'zoligidan chiqarish lozim.

XS
SM
MD
LG