Qirg'iziston o'zbekistonlik 11 qochqinni BMT qo'liga topshiradi


Qirg'iziston hukumati, Andijon voqealaridan keyin boshpana so'rab murojaat etgan, ayni paytda Osh shahar qamoqxonasida saqlanayotgan 11 nafar qochqinni BMT himoyasiga topshirishga qaror qildi.

14 sentyabr kuni Qirg'iziston Bosh prokuraturasi Andijon voqealaridan keyin qochqinlik sorab murojaat etgan, ayni paytda Osh shahar qamoqxonasida saqlanayotgan 11 nafar qochqinni BMT Qochqinlar bo'yicha Bosh komissariyati himoyasiga topshirishga qaror qildi.

Bu haqda Qirg'iziston Tashqi Ishlar vazirligi qoshidagi migratsiya departamenti boshligi Zafar Hakimov ma'lum qildi. Iyul oyi boshida Andijon isyonidan song Qirg'izistonga qochib otgan 439 nafar qochin BMT Qochqinlar bo'yicha Bosh komissariyati tomonidan Ruminiyaga jo'natilgan edi.

Rasmiy Toshkent tomonidan Andijon prokurorini qatl etganlikda ayblanayotgan 15 nafar qochqin Osh shahar qamoqxonasida saqlanmoqda. Ozbekiston hukumati qochqinlarni esktremistlar deb hisoblaydi va BMT ni terroristlarni himoya qilayotganlikda ayblaydi. Qirg'iziston va BMT esa qochqinlar Ozbekistonga qaytarilgan taqdirda, ularga nisbatan qiynoqlar qollanilishi mumkinligidan xavotirda.

Qirg'iziston Tashqi Ishlar vazirligi qoshidagi migratsiya departamenti boshligi Zafar Hakimov 11 qochqin yaqin kunlarda Qirg'izistondan uchinchi davlatga yuborilishini ma'lum qildi. Zafar Hakimovga kora, Osh qamoqxonasida qolayotgan to'rt ozbekistonlik qochqin masalasi xalqaro qonunlarga binoan hal qilinadi.

XS
SM
MD
LG