Terrorizm va qashshoqlik BMT sammitida bosh masala


Xavfsizlik Kengashida yig’ilgan AQSh, Britaniya, Rossiya va Xitoy rahbarlari ishtirokida, rezolyutsiya qabul qilindi. Unda barcha mamlakatlar terrorchilikka da’vat qilishni jinoyat deb hisoblasin, deyiladi.

Rezolyutsiyaga yaqinda terrorchilik hujumlarini o’z boshidan kechirgan Britaniya homiylik qildi. Britaniya Bosh vaziri Toni Bleyerga ko’ra, toki terrorizmning tomiri kesilmas ekan, aksil-terror harakatlari foydasiz. Uning tomiri, dedi u, fanatizm doktrinasida.

- Birlashmasak, uni yengib bo’lmaydi, dedi Bleyer. Terrorizmni faqatgina qoralash emas, balki uning o’zagi bo’lmish zaharli propagandaga qarshi kurashish lozim, dedi Britaniya bosh vaziri.

BMT Bosh Assambleyasida nutq so’zlagan prezident Bush esa, mamlakatlarni savdo tariflari va subsidiyalarni, ya’ni davlat tomonidan beriladigan yordam pulini, bekor qilishga chaqirdi. Uning aytishicha, savdo yo’lidagi to’siqlar olib tashlansa, keyingi 15 yil ichida millionlab kishilar qashshoqlikdan qutulishi mumkin.

- AQSh, erkin savdoni yo’lga qo’yish uchun, tarifflar, subsidiyalar va boshqa to’siqlarni yo’q qilishga tayyor, dedi Bush. Boshqa davlatlar ham shunday qilishi kerak. Qashshoqlikka barham berishning kaliti bu, dedi prezident.

BMT Bosh Kotibi Kofi Annan dunyo davlatlari rahbarlariga BMTga ishonchni tiklash kerak, deya murojaat etdi. Oylab davom etgan diplomatik harakatlarga qaramay, biz tuzgan ilsohot rejasidan ko’nglim to’lmadi, dedi Annan.

- Oramizdagi katta tafovut va farqlar, bunga sabab, deydi bosh kotib.

Sammitda, shuningdek, yadroviy terrorizmni bartaraf etish bo’yicha global shartnoma tuzilishi kutilmoqda.

XS
SM
MD
LG