AQSh Davlat kotibi Qirg'iziston hukumati bilan muloqot qildi


Kondoliza Rays 11 oktyabr kuni ertalab Bishkek aeroportiga kelgach, mazkur aeroportda joylashgan AQShning “Gansi” harbiy bazasiga tashrif buyurdi. Shuningdek, Rays Qirg’izistonga bir kunlik tashrifi davomida prezident Qurmanbek Bakiev, bosh vazir Feliks Qulov, qirg’iz parlamentining deputatlari hamda fuqarolik jamiyati vakillari bilan uchrashdi.

- Amerika Qo’shma Shtatlari barqaror va ozod demokratiyani rivojlantirish yo’lidan borayotgan qirg’iz xalqi bilan yelkama-yelka turadi. Bu yo’lni bosib o’tish odatda qiyin kechadi, ammo bu yo’l ana o’sha mashaqqatlarga arziydi, – dedi AQSh Davlat kotibi Qirg’iziston fuqarolik jamiyati vakillari bilan uchrashuv chog’ida.

Qirg’iz mulozimlari bilan uchrashuvlar davomida Kondoliza Rays ikki tomonlama hamkorlik, xalqaro terrorizm bilan kurash hamda Bishkekdagi “Gansi” harbiy bazasidan foydalanish imkoniyatlari to’g’risida muzokaralar yuritgan. Kondoliza Rays Qirg’izistondan so’ng Qozog’iston, Tojikiston va Afg’onistonga tashrif buyurishi kutilmoqda. AQSh Davlat kotibi O’zbekistonga safar qilishni rejalashtirmagan.

XS
SM
MD
LG