Breaking News

"Xonobod to'lovini kechiktirish O'zbekiston xalqi uchun yordam emas"


AQSh Senatining Xonobod aerodromida joylashgan harbiy baza uchun O`zbekiston hukumatiga ajratilgan 23 million AQSh dollari miqdoridagi mablag`ni ushlab turish haqidagi qarori, mahalliy kuzatuvchilarga ko`ra, mamlakatdagi inson huquqlariga oid vaziyatni biror tomonga o`zgartirishi qiyin.

O`zbekiston AQShning harb iy bazasini Xonobod aerodromidan chiqarishni bir tomonlama hal etgan va bu borada O`zbekiston Senatining maxsus qarori qabul qilingan edi. O`zbekiston Senati qaroriga ko`ra AQSh hukumati Xonobod aerodromidan foydalangani, bu davr mobaynida ekologiyaga, qishloq xo`jaligiga va boshqa shaklda etkazilgan zararalar uchun to`lov to`lashi zarur edi.

Yaqinda O`zbekistonga tashrif buyurgan AQSh Davlat kotibining Yevrosiyo bo`yicha muovini Danel Friid, AQSh harbiy bazasi bitim shartlariga mufofiq tarzda O`zbekistondan chiqib ketishi va Pentagon O`zbekistonga 23 million dollar miqdorida to`lov berishini takidlab o`tgandi.

Keyinchalik AQSh Senati O`zbekistondagi inson huquqlari oid vaziyatning o`ta og`irligini inobatga olib, bunday to`lovni samarasiz deya baholadi.

AQSh Senatining bu qarori, hozircha rasmiy O`zbekiston tomonidan qanday qabul qilingani ma'lum emas. Amerika Ovozi bu boradagi munosabatni bilish maqsadida O`zbekiston Senatining axborot xizmati boshlig`I Rixsivoy Qosimovga murojjat qilganida, " Bu borada men sizga hech narsa deya olmayman. Bu haqda senatorlar munosabat bildirishi kerak,"-degan javob oldi.

AQSh harbiy bazasini mamlakatdan olib chiqilishi haqida qaror qabul qilgan O`zbekiston Senatining yuqori va quyi palatasida ham, mazkur masala bo`yicha biror munosabatning mavjudligi, aniq emas.

O`zbekistonda inson huquqlariga doir vaziyatning o`ta og'irligi tufayli “Xonobod” aerodromi uchun O`z`bekiston hukumatiga ajratilgan mablag`ning ushlab qolinishi O`zbekistondagi inson huquqlariga oid vaziyatni biror tomonga o`zgartirishi qiyin, deb hisoblaydilar mahalliy inson huquqlari faollari.

"O`zbekistonda inson huquqlarining bundan ham battar buzilishini, odam ko`z oldiga keltirishi qiyin,"- deydi O`zbekiston inson huquqlari jamiyati raisi Tolib Yoqubov. Lekin, bu narsa (AQSh Senati qaroriga ishora qilinmoqda) nazarimda yetarli emas. O`zbekiston hukumatining bir qator rahbarlarini chet ellarda mablag`lari bor, ana shu mablag`larni to`xtatib qo`yish katta bir, muhum ish bo`lardi. Lekin, AQSh hukumati “Xonobod” ijarasi uchun O`zbekiston hukumatiga berishi kerak edi, shuni hozir Congress to`xtatdi. Biz bilamiz, O`zbekiston AQShdan juda ko`p yordamlar olgan keyingi bir necha yil ichida, lekin bu mablag`lar qayerga, nimaga sarflangani haqida O`zbekiston hukumati xalqqa hech qachon hisobot bergan emas va bu mablag`lar xalq ehtiyoji uchun sarflangan emas. Shuning uchun bu mablag` O`zbekistonga yetib kelganda ham, bu mablag` O`zbekiston xalqining ehtiyoji uchun ishlatilmas edi. Senator Jon Makkeyn 'bu pul korruptsiyaga botgan hukumat hisobiga borib tushishi mumkin emas, bu Amerika xalqining, soliq to`lovchilarining mablag`ini dictator rejimga, hisobiga o`tqazishimiz mumkin emas' degan talab qo`ygan va Congress hozir shunga kelishgan. Men o`ylaymanki, Amerika hukumati o`zini bir necha yillardan buyon qilgan xatolarini tushinib yetadi va O`zbekiston bilan bo`lgan munosabati bo`yicha yangi pozitsiyaga o`tadi."

Tolib Yoqubovga ko`ra, AQSh tomonidan belgilangan mablag`ning ushlanishi O`zbekistonda inson huquqlarining taminlanishiga tasir o`tkazmasligi mumkin, biroq "Pulni Ozbekiston hukumati olgan taqdirda ham, ular faqatgina o`zini hukumatini, rejimini mustahkamlash uchun sarflashi mumkin, xolos,"-deydi Tolib Yoqubov.

O`zbekiston demokratik tashabbuslar markazi direktori Iskandar Xudoyberganov mazkur masalaga shunday yondoshadi: "O`sha 23 million dollar pulni to`lagan taqdirda ham, bu O`zbekistondagi ahvolni o`zgartirmaydi, to`lamasa ham bu ahvolni o`zgartirmaydi. Ammo, O`zbekiston bitimni bir tomonlama buzishi, “Xonobod”dan chiqib ket deyishi, chunki o`zi bitim boshqacha ko`rilganda… ana shu narsa Amerikaga qattiq tegib, Amerika ana shu ijara pulini ko`rsatayotgan bo`lishi mumkin."

Hukumatlar o`rtasidagi munosabatlar biror tomonga o`zgarishi mumkinmi, degan savolga Iskandar Xudoyberganov quyidagicha javob beradi:

"Bizlar (AQSh nazarda tutilmoqda) savdolashmaymiz bu masalada, chunki inson huquqlari juda muhim masala degan. Bu fikrga, albatta qo`shilish kerak. Agarda, oldinlar ha, bular siljiydi, ha, bular qiladi, sekin, qiynalayapti, deb o`ylab yurgan bo`lsa, endi bunga umuman ishinmaydigan bo`lib qolgan. Bu endi, uzil-kesil bo`ldi. Albatta, bu O`zbekiston uchun juda og`ir narsa. O`zbekiston endi Rossiya bilan Xitoyga orqa qiladi, ammo buning qanchalik yordam berishi… menimcha, bu gumon endi… Aslida o`sha, G`arb bilan munosabatni saqlab qolish kerak edi…"

Kuzatuvchilar nazarida, O`zbekiston va AQSh munosabatlari bugungi kunda eng keskin fursatga yaqinlashmoqda. Bildirilayotgan fikrlarga ko`ra, hali munosabatlar yanada taranglashadi va AQSh tomonidan ko`rsatilayotgan bosimlar aniq bir natijalar olishga qaratiladi.

XS
SM
MD
LG