AQSh Xalq diplomati dunyo kezib, tanqidchilar ko'nglini ovlamoqda


AQSh Davlat kotibining xalq diplomatiyasi bo’yicha muovini Karen Hyuz chet eldagi yetakchilarga emas, balki oddiy odamlarga quloq tutish uchun, turli davlatlarga safar qilmoqda.

Muxbirimiz Keti Skaraning xabar berishicha, Misr, Saudiya Arabistoni va Turkiyaga qilgan ilk safari davomida, Xyuz xonimga AQShning Yaqin Sharqdagi siyosati haqida ancha salbiy firklar bildirilgan.

AQSh Davlat kotibining xalq diplomatiyasi bo’yicha muovini Karen Hyuz AQSh obro’sini ko’tarish uchun Yaqin Sharqqa qilgan safarini ijobiy o’tdi, deb baholamoqda.

Ammo Arab va AQSh ommaviy axborot vositalarida uning safari tanqid ostida. Safalarim davomida AQSh tashqi siyosatiga nisbatan norozilik so’zlarini eshitishim tabiiy, deydi Xyuz xonim.

- Men Turkiyada bir necha juda faol, o’ziga ishongan, qat’iyatli ayollar bilan uchrashib, suhbatlashdim. Ularning ko’pi bizning Iroqni bosim olish qarorimizga qarshi ekanini aytdi. Menimcha, AQShda ham shunday faol ayollar bilan uchrashsam, xuddi shunday fikrlarni eshitgan bo’lar edim, - deydi Karen Xyuz.

O’z safari haqida prezident Bush va boshqa rasmiylarga shaxsan hisobot bergan Karen Xyuzga ko’ra, Misrda odamlarning AQSh tashqi siyosati haqida ochiq gapirishi va bahslashishi quvonarli holdir.

- Men bilan uchrashgan turli siyosiy partiyalar vakillari AQSh o’z obro’sini ko’tarishi uchun nima qilishi kerakligi haqida umuman har xil fikrlarni bildirishdi. Ulardan biri ochiqchasiga “AQSh boshqalarning ishiga burnini tiqmasligi kerak” deb ta’kidlagan bo’lsa, boshqasi “AQSh yanada qat’iyatli bo’lsin, va Yaqin Sharqda so’z erkinligi va siyosiy faollikka chaqirayotganlarni quvvatlasin” deya maslahat berdi. Ko’rib turganingizdek, bir joyning o’zida bir-biriga umuman qarama-qarshi fikrlarni eshitdim,- deydi AQSh Xalq diplomati.

Amerikaliklar Arab dunyosidagi ommaviy axborot vositalarida ular qanday tasvirlanishi borasida qanchalik xavotirlansa, men uchratgan odamlar ham o’zlari haqida shunchalik xavotirda ekan, deydi Xyuz xonim.

- Bilishimcha, arab ayollari gapga chechan, ishtiyoqqa to’la va fikrlarini bildirishga ancha usta ekan. Odamlar, bizga quloq tuting, deyishdi. Fikrlarimiz bilan hisoblashing, ularni hisobga oling, deyishdi,- deydi Xyuz xonim.

Prezideng Jorj Bushning yaqin maslahatchisi va unga to’gri-dan-to’g’ri hisobot beruvchi Xyuz xonim, xorij ommasiga quloq tutish maqsadida, turli mamlakatlarga safar qilmoqda.

XS
SM
MD
LG