Breaking News

Bishkekda Feliks Qulovning iste'fosi talab qilinmoqda


22 oktyabr kuni Bishkekdagi "Olatog'" bosh maydonida 20 oktyabr kuni mahbuslar tomonidan o'ldirilgan deputat Tinich Aqmatboyev tarafdorlari mamlakat Bosh vaziri Feliks Qulovning iste'fosini talab qildilar. Marhum deputatning ukasi Rispek Aqmatboyevga ko'ra, akasining o'limi ortida jinoyatchi Aziz Batukayev va Bosh vazir Feliks Qulov turibdi.

"Bu ishga Batukayevning aloqasi bor. Feliks Qulov buyurtma bergan, Batukayev esa ijrochi," dedi Rispek Aqmatbayev.

Bosh vazir Feliks Qulov shanba kuni hukumat uyida o'tgan matbuot anjumanida Aqmatboyev tarafdorlari o'tkazayotgan namoyishni noqonuniy deya atadi va vaziyatni izdan chiqarishda urinayotgan aybdorlarning jazolanishini ta'kidladi. Bosh vazir o'ziga qo'yilayotgan ayblovlarni qat'iyan rad etdi.

"Agar prezident va parlament mening iste'foga ketishimga asos topsa, mening bunga hech qanday e'tirozim yo'q," dedi Feliks Qulov.

Eslatib o'tamiz, parlament deputati Tinich Aqmatboev 20 oktyabr' kuni Bishkek yaqinidagi koloniyaga borgan paytida qo'riqchisi bilan birga mahbuslar tomonidan otib o'ldirilgan edi. Qirg'iziston bosh vaziri parlament yig'ilishida Feliks Qulov deputatning o'limiga siyosiy tus bermaslik kerakligini aytdi. Ayni paytda deputatni o'ldirgan mahbus aniqlangan va tergov davom etmoqda.

XS
SM
MD
LG