Qoralovchi ayblanuvchilarga 20 yilgacha jazo berishni so'ramoqda


May oyida Andijondagi voqealarni uyushtirishda ayblanayotgan dastlab 15 kishining sudi Toshkentda o’z nihoyasiga yetdi. Jarayondagi qoralovchi ularga 15 yildan 20 yilgacha qamoq jazosini so’ramoqda.

Bosh prokuror muovini Anvar Nabiyev ularni bir necha modda bo’yicha ayblamoqda. O’zbekiston qonunchiligi bo’yicha ular aybdor deb topilgan taqdirda mazkur moddalar bo’yicha ularga o’lim jazosi berilishi muqarrar.

Biroq inson huquqlarini himoyalovchi ba’zi G’arb va mahalliy tashkilotlarning fikricha, ayblanuvchilarning sudning birinchi kunidayoq ularga qo’yilgan barcha ayblovlarni tan olishlari ayblanuvchilar va sud o’rtasida maxfiy ravishda shartnomaga kelishganlikdan dalolatdir. Ya’ni ular o’zlarini aybdor deb tan olgan taqdirda o’lim jazosi 20 yilgacha qamoq jazosiga almashtiriladi.

XS
SM
MD
LG