Andijon ishi: Oliy sud maslahat uchun tanaffus e'lon qildi


O`zbekiston Oliy sudida davlat ayblovchisi Andijon voqealari yuzasidan terrorchilikda ayblanayotgan 15 nafar kishiga nisbatan 15 yildan 20 yilga qadar qamoq jazosi belgilanishini so`ragan.

27 oktyabr kuni O`zbekiston Oliy sudidagi jarayonda advokatlarning himoya munozarasi va ayblanuvchilarning so`nggi so`zi tinglangach, sud masalahat uchun tanaffus e`lon qildi.

O`zbekiston Oliy sudida davlat ayblovchisi ayblanuvchilarga ularning terrorizm, O`zbekiston respublikasining konstitutsiyasiga tajovuz qilish, qo`poruvchilik, jinoiy uyushma tashkil etish, qasddan odam o`ldirish kabi jinoyatlarni amalga oshirganini inobatga olgan holda jazo tayinlanishini so`radi.

Ayblovchiga ko`ra, jinoyat ishida ayrim moddalar ortiqcha e'lon qilingani, ayrimlari esa bir-birini to`ldirishi aniqlangan.

Ayblanuvchilarning qonuniy himoyachilari sudlanayotganlarning o`z ayblariga iqrorligini va jinoiy ish yuzasidagi boshqa holatlarni inobatga olinishi haqida gapirishadi. Jumladan, ayblanuvchilardan biri Alisher Hakimovning qonuniy himoyachisi, himoya ayblov tomonidan qo`yilgan ayblar sudda o`z tasdig`ini topdi, deb hisoblashini aytadi.

“Ayblanuvchini o`z aybiga iqror bo`lgani, xalqdan O`zbekiston prezidentidan kechirim so`raganini inobatga olib, unga nisbatan belgilanganidan ko`ra, kamroq jazo berishingizni so`rayman”, - deydi Hakimovning himoyachisi.

O`zbekiston oliy sudida kechayotgan jarayonlarda advokatlarning ishtiroki o`ta chegaralanganligi haqidagi etirozlar ham bor. Jumladan, hozirda advokatlik linsenziyasi bekor qilingan, avval Andijonda Akromiylar ishi bo`yicha sudda qonuniy himoyachi sifatida qatnashgan andijonlik advokat Ravshanbek Hajimov advokatlarning jinoiy ishdan xabardorligiga shubha qilishini bildiradi.

“Faqat bitta advokat jinoiy ishdan xabardor, o`n besh kishini bir kishi himoya qilmasin deb qolgan advokatlarini qo`yishibdi, ular sudda prokuror berayotgan savollarni berishadi”, - deydi Ravshanbek Hajimov.

O`zbekistonda o`lim jazosi bekor qilinganligi haqidagi qaror 2008 yildan boshlab kuchga kirishi belgilangan. O`zbekistondagi bazi kuzatuvchilar O`zbekiston jinoyat kodeksining 30 dan ortiq moddalari bilan ayblanayotgan o`lim jazosi qo`llanilishi muqarrarligi haqida ham ta'kidlab o`tishgan edi. Prokuror so`rayotgan jazo bu qarashlarga nisbatan yengilroq tuyuladi.

“O`zbekistonda ko`pchilik ayblanayotgan o`n besh kishining kamida o`ntasiga o`lim jazosi berilishini kutishayotgan edi. Biroq bunday bo`lmadi, hukumatning shavqatsizligi biroz pasaydi, bu narsa hukumat o`zi qilgan jinoyatdan o`zi qo`rqib ketganini ko`rsatmoqda”,- deb hisoblaydi bu borada mahalliy kuzatuvchilardan biri Toshpo`lat Yo`ldoshev.

Andijon otishmalari va voqealar yuzasidan o`tayotgan sud jaraoyonlari dunyo jamoatchiligi hamda o`zbekistonlik kuzatuvchilarning ham diqqatida turibdi. Sud jarayoniga nisbatan bildirilayotgan munosabatlar ham farqli. Bir tomondan ayblanuvchilardan ko`rsatmalarning majburiy ravishda olingani va sud jarayonining sahnalashtirilgani haqida fiklar aytilayotgan b`olsa, ikkinchi tomondan O`zbekiston hukumati ayblanuvchilarning o`z qilmishlariga sidqidildan iqrorligini va Andijon otishmalari xalqaro ekstremistik guruhlar tomonidan amalga oshirilganini aytmoqda.

Ko`pchilik kuzatuvchilar nazarida bu tushunmovchiliklarga nuqta qo`yishi mumkin bo`lgan holat – xalqaro hamjamiyat tomonidan Andijondagi otishmalarni mustaqil xalqaro tergov qilish talabi O`zbekiston hukumati tomonidan rad etilgan.

Suda jarayonidagi ko`pchilik guvohlar tinch aholi terorchilar tomonidan o`qqa tutilgani haqida ko`rsatma bergan, faqat andijonlik Mahbuba Zokirova bu ko`rsatmalardan farqli, tinch aholi hukumat qoshinlari tomonidan o`qqa tutilganini aytdi.

Andijon otishmalarida, rasmiy malumotlarga ko`ra, 180dan oshiq, norasmiy ma'lumotlarga ko`ra 800dan ko`proq kishi halok bo'lgan.

Birlashgan Millatlar Tashkilotining inson huquqlari himoyasi bilan shug’ullanuvchi ekspertlari O’zbekiston rasmiylarining Andijondagi voqealar bo’yicha ishi sudda ko’rilayotgan 15 ayblanuvchiga munosabatlari borasida tashvish bildirdi. Ularning aytishicha, sudga tayyorgarlik ko’rish va himoya jarayonidagi qator xatolarga yo’l qo’yilishi sudning adolatli o’tishiga to’sqinlik qilgan.

XS
SM
MD
LG