Qozog'istonda prezident saylovoldi kampaniyasi boshlandi


Qozog’istonda prezidentlikka nomzodlarni ro’yxatga olish jarayoni nihoyasiga yetgan va saylovoldi tashviqot jarayoni boshlangan.

Shi yilning 4 oktyabr’ kuni prezidentlik saylovlari o’tishi kutilayotgan Qozog’istonda prezidentlikka nomzodlarni ro’yxatga olish jarayoni nihoyasiga yetgan. Qozog’iston MSK ma’lumotlariga ko’ra, saylovda 5 nomzodning ishtirok etishi kutilmoqda.

Bu nomzodlar – Qozog’istonning bugungi prezidenti Nursulton Nazarboyev, “Adolatli Qozog’iston uchun” muxolifat guruhining rahbari Jarmaxan Tuyoqbay, “Aq Jo’l” partiyasi raisi Alihan Baymenov va avval nomlari ommaga u qadar tanish bo’lmagan Mels Eleusizov hamda Erasyl Abilqasimovlardir.

Qolgan yetti nafar prezidentlikka nomzod MSK kerakli hujjatlarni topshirmaganlari uchun, ularni ro’yxatga olishda rad javobi berilgan va ushbu nomzodlar saylov jarayonidan chetlashtirilganlar.

Qozog’istonda 25 oktyabrdan boshlab, prezidentlikka nomzodlarning tashviqot kampaniyasi boshlandi. Tashviqot jarayoni prezidentlik saylovlariga ikki kun qolguncha, ya’ni to 2 dekabrgacha davom etadi.

KZ-Today internet nashrining xabar berishicha, hozirgacha MSK tomonidan Qozog’istonda 4 dekabr kuni o’tadigan saylovlarni nazorat qilish uchun EXHT tarmog’idan 43 kuzatuvchi, Saylov tizimlari xalqaro jamg’armasidan 12 kuzatuvchi, MDH missiyasidan 37 kuzatuvchi ro’yxatga olingan. Ja’mi xorijiy davlatlar va xalqaro tashkilotlardan 92 nafar kuzatuvchiga akkreditatsiya berilgan. Kuzatuvchilarni ro’yxatga olish jarayoni 28 noyabr kuni nihoyasiga yetishi kutilmoqda.

Shu munosabat bilan Qozog’iston senatining deputati Vladimir Nexoroshev prezidentlikka nomzodlarning barchasiga murojaat qildi. Murojaatda mamlakat taqdirini hal qiluvchi ushbu saylovlarga mas’uliyat bilan yondoshish zarurligi qayd qilinadi:

- Biz bu saylovlarni uzoq vaqtdan buyon kutyapmiz. Bu saylovlarda Vatanimiz, yerimiz, avlodlarimiz taqdiri hal qilinadi, – dedi deputat Vladimir Nexoroshev o’z murojaatida.

Murojaatda shuningdek, har bir nomzodga munosib va adolatli baholash asosida ovoz berish zarurligi qayd etiladi.

Kuzatuvchilar va qozoq muxolifati a’zolari mamlakatni 1989 yildan buyon boshqarayotgan Nursulton Nazarboyev yana 7 yilga saylanish uchun barcha imkoniyatdan foydalanishini bashorat qilmoqdalar. Saylovlar oldidan muxolifat nashrlariga va jurnalistlarga bosim o’tkazilayotgani ana shunday xavotirlarga asos bo’lmoqda. EXHT Qozog’istonda avvalgi yillarda o’tgan prezidentlik saylovlari demokratiya me’yorlardfhniga mos kelmaganini e’tirof etgan.

Prezidentlik saylovlarida Nursulton Nazarboevga asosiy raqib bo’lishi kutilayotgan Jarmaxan Tuyoqboy agar saylovlar adolatli o’tmagan taqdirda, muxolifat o’z noroziligini albatta izhor qilishini ma’lum qildi:

- Agar bu saylov adolatsiz o’tsa, bunga qarshi konstruktif tarzda faoliyat yuritish bizning o’yimizda bor, – dedi Jarmaxan Tuyoqbay.

XS
SM
MD
LG