Breaking News

AQSh: Sanjar Umarov ishi odil sudda hal etilmog'i lozim


AQSh Davlat departamentining yuqori lazovimli rasmiysining aytishicha, O’zbekiston hukumatidan inson huquqlari bo’yicha o’z bo’yniga olgan xalqaro majburiyatlarni bajarish kutiladi. "Jumladan,"- deya bildiradi AQSh Davlat departamenti vakili Vashington Post gazetasining 1 noyabrgi sonida chiqqan maqolada, "har bir fuqaro ishini odil sud muhokama qilish."

"Sanjar Umarov ishi ham shu tarzda ko’rib chiqilishi lozim,”-deydi diplomatik sabablar bilan o’z ismini aytishni istamagan AQSh rasmiysi.

Inson huquqlari bo’yicha xalqaro “Human Rights Watch” tashkiloti O’zbekiston hukumatini qamoqdagi muxolif yetakchi Sanjar Umarovga darhol tibbiy xizmat ko’rsatilishini so’ramoqda. Ma’lumki, Sanjar Umarov bir necha kun avval qalloblikda ayblanib, Toshkentda hisbga olingan edi.

Xalqaro inson huquqlarini himoyalsh tashkilotining bayonotida Sanjar Umarovning jinoiy ishi siyosiy sabablarga bog`ligligi aytiladi. Xalqaro tashkilotning O`zbekistondagi vakili Elison Gilga ko`ra:

- Sanjar Umarov o`n kuncha avval hisga olingan edi. Shundan buyon bir marta advokati bilan g`alati tarzda uchrashuv o`tgan. Advokat kirganida Sanjar Umarov, mutloqo yechingan holda bo`lgan va advokatini tanimagan. Albatta, bunday sharoitda zudlik bilan ruhiy ekspertizadan o`tkazilishi kerak. Bunday ekspertiza o`tkazilmagan. Advokat esa takroriy uchrashishga muvaffaq bo`lmagan. Bular bizda jiddiy tashvish uyg`otmoqda. Umarovning salomatligidan xavotirdamiz.

1 noyabr kuni ma'muriy huquqbuzarlikda ayblanayotgan “Mazlum” inson huquqlari tashkiloti rahbari, muxolifatdagi ‘ERK’ partiyasining vakili Azam Turgunov ustidan sud jarayoni boshlandi Sudga da'vo ariza bilan murojaat qilgan ayolga ko`ra, u “Qora qamish” buyum bozorida A`zam Turgunov tomonidan haqorat qilingan. Azam Turgunovning o`zi esa bu da'volarni rad etadi.

Sobir Rahimov tumani jinoiy ishlar sudida boshlangan jarayon A`zam Turgunovning qonuniy himoyachisi yo`qligi sababli keyingi haftaga qoldirildi. Sud jarayonini kuzatish uchun o`nga yaqin inson huquqlari himoyachilari yig'ildi. Ularga ko`ra Azam Turgunov ustidan sud jarayoni uyushtirilgan va bu narsa inson huquqlari himoyachilariga nisbatan ketayotgan tayziqlarning davomidir.

Bundan bir necha kun avval davlat ramziga hurmatsizlik ko`rsatish aybi bilan majburuiy ruhiy muolajaga hukm qilngan inson huquqlari himoyachisi Yelena Urlayeva shifoxonadan chiqarilgan edi.

Yaqinda Yevropa Parlamenti tomonidan O`zbekiston hukumatiga nisbatan qabul qilingan rezolyutsiyada inson huquqlari himoyachilarga ko`rsatilayotgan tayziqlarni to`xtatish, hibsga olingan inson huquqi himoyachilarini ozod qilish talabi bildirilgan edi.

XS
SM
MD
LG