Breaking News

Qirg'iziston qamoqxonalarida qo'zg'olon: qonga-qon, jonga-jon 


2 noyabr kuni Bishkekda o’tgan matbuot anjumanida prezident Qurmanbek Bakiev mamlakatdagi taloto’pga chek qo’yish uchun o’ylanib o’tirmay kuch qo’llanilishini ma’lum qildi.

1 oktyabr kuni Qirg’izistondagi axloq tuzatish muassasalarida mahbuslar ommaviy isyon ko’targan va qo'zg'olon to’rt mahbusning o’limi bilan bostirildi.

Prezident Qurmanbek Bakievga ko’ra, kim hukumat vakiliga qarshi kuch ishlatishga urinarkan, unga nisbatan ham kuch ishlatiladi.

- Qirg’izistondagi vaziyat Sizning sodiq qulingiz Qurmanbek Bakiev va hukumat tomonidan to’la nazorat qilinmoqda, – dedi prezident matbuot anjumanida.

Qurmanbek Bakiev mamlakatda davom etayotgan taloto’pga chek qo’yish vaqti kelganini aytadi. Uningcha, axloq tuzatish muassasalaridagi isyon oxirgisi bo’lishi kerak.

- Yana boshboshdoqlik keltirib chiqarishga urinayotgan siyosatchilarni ogohlantirmoqchiman - hech narsa bo’lmaydi. Turmalar bilan mamlakatda vaziyatni izdan chiqarishga urindilar, hech narsaga erisha olmadilar, - deydi u.

Axloq tuzatish muassasalaridagi qo’zg’olonlar mahbuslarning shart-sharoitni yaxshilash to’g’risidagi talablari bilan boshlangan va 20 oktyabr’ kuni parlament deputati Tinich Aqmatboev muzokaralar uchun Bishkek yaqinidagi koloniyaga borgan paytida mahbuslar tomonidan otib o’ldirilgan edi.

XS
SM
MD
LG