Breaking News

O'zbekistonda no-hukumat tashkilotlariga nisbatan tazyiq kuchaymoqda


Xalqaro hamjamiyat tomonidan bildirilayotgan tashvishlarga qaramasdan O`zbekistonda nodavlat tashkilotlarga va muxolifat vakillariga bo`lgan bosimlar susayayotgani yo`q.

2 noyabr kuni Serquyosh O`zbekistonim koalitsiyasi muvofiqlashtiruvchisi Nodira Hidoyatova Moskvada matbuot anjumani o`tkazib, O`zbekistondagi vaziyat ijtimoiy portlash arafasida va inqirozni yechish yo`llarini taklif qilayotgan muxolifat vakillari hukumat tomonidan hibsga olinmoqda, deya fikr bildirgan.

Koalitsiya rahbari Sanjar Umarov hibsga olinishidan avval tashkilot Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrovga ham ochiq xat yo’llab, O`zbekiston hukumatining muxolifat bilan muloqot boshlashiga vositachi bo`lishini so’ragan edi. Biroq Sanjar Umarovning bu takilifiga Rossiya tomonidan hech qanday munosabat bildirilmagan.

O`zini O`zbekistondagi konstruktiv, ya’ni asosli va amaliy muxolifat deb tanishtirayotgan O`zbekiston fermerlari harakati ham unga nisbatan hukumat bosimi kuchayayotganini bildirmoqda. Harakat raisi Marat Zohidovning ma’lum qilishicha fermerlar harakatining 15 yilligi munosabati bilan rejalashtirilgan tadbir otkazilishiga hukumat ruxsat bermagan.

“Fermerlar harakati mustaqillik e’lon qilgan yili tashkil etilgan edi. Biz avgust oyidan boshlab 15 yillik yillik tadbirni o`tkazmoqchi edik. Keyin ruxsat oldik, ammo militsiyadan tadbirni o`tkazmaslik haqida ko`rsatma bo`ldi. Biz hukumatni olmoqchi emasmiz, ular faqat shundan qo`rqishadi. Dahshatli muammolar bor agrar sektorda. Ular haqida gapirish kerak. Shunga uringan edik, bu ham bo`lmadi”, - deydi Marat Zohidov.

Yaqinda O`zbekiston adliya vazirligi Ezgulik O`zbekiston inson huquqlari jamiyatini qayta ro`yxatdan o`tkazishni rad etdi. Jamiyat a’zolarining ko`pchiligi hozirda hibsda saqlanmoqda. O`zbekiston inson huquqlari jamiyati raisi Tolib Yoqubov bergan ma’lumotlariga ko`ra, Andijon voqealaridan so`ng O`zbekistonda 20 nafarga yaqin inson huquqlari himoyachilari va muxolifat vakillari hibsga olingan.

XS
SM
MD
LG