AQSh Vakillar palatasi a'zosi prezident Karimov bilan uchrashdi


2 noyabr kuni O`zbekistonga Yevropada Xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti (YXHT) parlament assambleyasi raisi boshchiligidagi delegatsiya tashrif buyurgan.

Assamleya raisi, AQSh Vakillar palatasi a`zosi, demokrat Elsi Xestings boshchiligidagi delegatsiya O`zbekiston prezidenti Islom Karimov, O`zbekiston tashqi ishlar vaziri va O`zbekiston qonunchilik palatasi raisi Erkin Xalilov bilan uchrashgan.

O`zbekiston prezident devoni matbuot xizmati vakili Beruniy Olimovning aytishicha, YXHT parlament assamleyasi raisi Xestings va prezident Karimov o’rtasida kechgan rasmiy uchrashuvda o’zaro munosabatlar, xavfsizlik borasidagi hamkorliklar muhokama qilinganini bildiradi.

O`zbekiston tashqi ishlar vazirligining axborot saytidagi ma’lumot ko`ra janob Xestings muloqot chog`ida O`zbekiston va AQSh munosabatlarini ham muhokama qilgan.

Delegatsiya tashrif davomida O`zbekistondagi no-hukumat taskilotlari vakillari, inson huquqlari himoyachilari va mustaqil jurnalistlar bilan norasmiy uchrashuvlar o’tkazishni rejalashtirgan.

O`zbekiston YXHTga 1992 yilda a`zo bo`lib kirgan. 1995 yildan beri Toshkentda Yevropada xafvsizlik va hamkorlik tashkiloti markazi faoliyat yuritadi.

XS
SM
MD
LG