Jahon ehtimoliy pandemiya yoqasida


AQSh qonun chiqaruvchilari bugungi kunda ehtimoliy pandemiyaga qarshi kurashda yangi strategiya kerakligini anglab yetmoqdalar. Olimlar esa parranda grippining bu turi millionlab insonlarning o’limiga sabab bo’lishi mumkinligidan xavotirda.

"Oqibati shunchalik kuchli bo’ladiki, u dunyoni larzaga solishi mumkin. Unga qarshi tayyorlanishdan boshqa iloj yo’q,"-deydi AQSh Sog’liqni saqlash vaziri Maykl Levit.

Janob Levitning Senatga bildirishicha, ehtimoliy pandemiyadan ikki millionga yaqin amerikalik jon berishi va 10 millionga yaqini kasalxonaga tushishi mumkin.


"Ijobiy hol shundaki, bizda vaksina bor,"- deydi Levit. "Ilmiy guruhimiz yetarli dozasi berilganda, ancha kuchli ta’sirga ega maxsus vaktsina ishlab chiqdi. Salbiy hol shuki, biz bu vaktsinani o’z vaqtida yetarli miqdorda ishlab chiqarish quvvatiga ega emasmiz."


AQSh Yuqumli kasalliklar va allerigya instituti direktori Entoni Fauchining aytishicha, AQShda ko’proq odamlar grippga qarshi emlanishi lozim. "AQSh hukumati bu borada chora ko’rmasa bo’lmaydi,"- deydi u. Doktor Fauchining fikricha, vaksinaga talab ortsa, uni ishlab chiqarish sur’ati ham oshadi.

President Bush parranda grippi xavfiga tayyorgarlik va unga qarshi kurash uchun Kongressdan 7.1 milliard dollar mablag’ so’ragan. U vaksina sanoatini isloh qilish, grippga qarshi dorilarni g’amlash va bu borada xalqaro hamjamiyat bilan hamkorlikni kengaytirishni rejalashtirgan.

"Gripp pandemiyasi global miqyosda katta zarar keltiradi. Hech bir davlat bu xavfni chetga sura olmaydi va uning tarqalishiga qarshi kurash har bir davlatning burchidir,"- deydi Bush.

AQSh hukumati parranda grippi xavfning oldini olish turli choralar ko’rishi, jumladan chet elga safar qilishni cheklashi mumkin.


"Ayrimlar bu jarayonni behuda tashvishlanish deb atashi mumkin, ammo pandmiyaga qarshi uzoq-muddatli tayyorgarlikdir,"- deydi Levit.


Omma grippga nisbatan sergaklikka chaqirilar ekan, bir paytning o’zida hukumat jamotchilikdan vahimaga tushmaslikni so’ramoqda.

Ayrim mamlakatlarda vahima sabab iqtisodiyotga zarar yetmoqda. Xitoy hukumati 14 mamlakatdan parranda go’shtini import qilishni ta’qiqlagan. Janubi-sharqiy Osiyoning ba’zi qismlarida turizm ko’rsatkichi pasaygan.

“Buyuk Tumov” kitobi muallifi Jon Barrining fikricha, bu kabi ta’sir ko’lami yanada kengayadi, sabab dunyo gripp muammosiga bugunda juda jiddiy qaramoqda.


"Navbatdagi pandemiya qachon quloch yozishini bilmaymiz. Agar kulfat kelasi yil kelsa, unga tayyor emasmiz. 10 yildan keyin kelsa, insoniyat unga qarshi kurasha oladi. Bugunga qaraganda ancha yahshiroq tayyor bo’lamiz,"- deydi janob Barri.

Pandemiyaning qachon kelishini hech kim bilmaydi. Olimlarning fikricha, uning alomatlari ko’rinmoqda. Osiyodan Yevropa tomon tarqalgan parranda grippining H5N1 (Hash 5 En1) turi ilk bor 1997 yili aniqlangan edi. Xasta qushlardan yuqadigan virus bugunga kelib 62 nafar insonning hayotiga zomin bo’ldi. Hozirda kasallik bilan 120dan ortiq kishi olishmoqda.

XS
SM
MD
LG