O'zbekistonda G'arbga qarshi targ'ibot kuchaymoqda


O`zbekistonda g`arbga, AQShga qarshi targibot qo`shiq, sh`er va publitsistik maqolalar orqali olib borilmoqda. Kuzatuvchilarga ko`ra, hukumat tomonidan yo`naltirilayotgan bu chiqishlar g`arb tomonidan targ`ib qilinayotgan demokratik qadriyatlarga zarba berishni maqsad qilgan.

O`zbekistronda Garb, AQSh haqida mahalliy matbuotda bosilayotgan maqolalar, O`zbekiston teleradiokompaniyasida berilayotgan eshittirish va ko`rsatuvlarning asosiy mohiyatini G’arb davlatlarining O`zbekistondagi manfaatlari - bu yerdagi tabiiy boyliklarni egallash, o`ziga nomaqbul bo`lgan hukumatni ag’darish ekanligi tashkil etadi.

O`zbekiston liberal demokratlar partiyasining nashri “XXI asr” gazetasida bosilgan “Haqiqat egiladi, ammo sinmaydi” sarlavhali maqolada, asosan AQSh siyosati haqida mushohada qilinadi. “Hukumat to`ntarishini xalq inqilobi tarzida ko`rsatishda, aholi ongini chalg`itishda Garb doiralari tomonidan moliyalashtirilayotgan xalqaro va mahalliy ahamiyatga molik nodavlat tashkilotlarining hissasi o`z emas,” -deya ta’kidlanadi.

Andijon voqealaridan so`ng G’arb va AQSh siyosati borasida yozilgan yuzlab maqolalarda, asosan rangli inqilobni rejalagan G`arbning O`zbekistonga kelganda yutqazib qo`ygani, AQShning maqsadi demokrtiya emas, o`ziga ma’qul hukumatni tanlash ekanligi haqida gap boradi.

O`zbek matbuoti yaqindan beri AQSh tanqidga olgan rossiyalik ekspertlarning maqolalarini ko`chirib, nashr eta boshladi. “Inson va Qonun” gazetasi bosilgan shunday maqolalardan biri siyosatshunos Galina Maykovaning “Vashingtonning “Mokki” diplomatiyasi” deb nomlanadi. Maqola AQSh Davlat kotibasi Kondoliza Raysning mintaqaga safaridan keyin yozilgan.

Maqola muallifiga ko`ra “AQSh inson huquqlari himoyachisi va demokratiya nazoratchisi sifatida bor ovozda gapirayotib, o`zi inson huquqlari va demokratik qadriyatlarni bosh buzuvchisiga aylandi. Aslida esa AQSh demokratiya va inson huquqlari borasida gapirarkan, oligarxiya manfaatini nazarda tutadi”.

Muallif AQSh Davlat kotibasining mintaqaga safari natijalari haqida to`xtalar ekan, Kondoliza Raysning Islom Karimov rejimining o`zgarishi yoki o`zgarmasligidan qat’iy nazar, O`zbekiston bilan hamkorlik qilish haqidagi bayonotini mintaqa safarida eng e’tiborli bayonot deb topadi.

Muallif buning sababini izohlashda mintaqa davlatlarini bir-birlari bilan taqqoslab, O`zbekistonning mintaqa markazi ekanligi, siyosiy irodasi kuchliligi haqida xulosa chiqaradi.

Mahalliy kuzatuvchilarning O`zbekistondagi targ`ibotga qarashlari turlicha. Muxolifatdagi “Erk” partiyasi vakili, adabiyotshunos olim Baxtiyor Isabekka ko`ra, O`zbekiston Rossiyada boshlangan aksil-Amerika kayfiyatini qo’llar ekan, bu borada oldingi safga chiqishni maqsad qilmoqda.

“Targ`ibot barcha yo`nalishlarda olib borilmoqda, aksil-Amerika targ`ibotidan maqsad xalqni Andijon voqealari haqidagi taasurotlardan chalg`itish va Rossiya bilan yaqinlashtirish. Buning asosiy sababi esa AQShning qattiq turib O`zbekistondan demokratik islohatlarni o`tkazishni talab qila bopshlaganidir, ” - deb hisoblaydi Baxtiyor Isabek.

Siyosatshunos Tursunboy Qoratoevga ko`ra, targ`ibotlar O`zbekiston tshqi siyosatiga xos ravishda olib borilmoqda.

“Boshda Turkiya bilan aloqalarimiz sovuqlashgach, G’arb bilan aloqlarni o`rnatishga harakat boshlandi. Bu orada matbuot asosan Rossiyaning Markaziy Osiyoga ko`rsatgan zulmlari haqida yozildi. Keyingi yillarda esa AQShning Iroqqa bo`lgan siyosati va O`zbekistonni bir qator masalalrda ayblashi natijasida munosabatlar sovuqlashdi. Avval matbuotda Rossiyaga qarshi yozilgan narsalar, hozir G`arbga qarsh yozilmoqda,”- deydi Tursunboy Qoratoev.

O`zbekistonda yaqindan boshlab aksil-g’arb kayfiyati qo`shiqlarda, siyosiy she’riyatda yuzaga kela boshladi. Ko`pchilik shoirlar aksil-Amerika kayfiyatini she’riyatning bosh mavzusiga aylantirishmoqda.

Adabiyotshunos olim Baxtiyor Isabek bildirayotgan mulohazalarga ko`ra, mualliflarning o`zida aksil-Amerika kayfiyati bo`lmasligi mumkin:

“Mualliflarning dunyoqarashlari ular yozgan narsaga mos tushmaydi. Ularning fikrlari va dunyoqarashlari boshqacha bo`lishi mumkin. Maqsad, hozirgi targ`ibotlarga qo`shilish. Avval aytimaganiga o`xshamaydigan bir narsa aytish. Bu xuddi Karimovga nisbatan xushomaddagi musoboqaga o`xshaydi. Oqibatda kimdir taqdirlanishi mumkin.”

Kuzatuvchilarga ko`ra, O`zbek matbotida G’arbga qarshi yuritilayotgan targ’ibot kampaniyasi hukumat buyurtmasiga asosan olib borilmoqda.

XS
SM
MD
LG