Britaniya elchixonasi vaqtincha viza bermayapti


Buyuk Britaniyaning O`zbekistondagi elchixonasi O`zbekiston fuqarolariga vaqtinchalik viza berishni to`xtatgan. Elchixona ma'lumotiga ko`ra, bu elchixona xavfsizligini ta'minlash masalasi bilan bo`gliq.

Buyuk Britaniyaning O`zbekistondagi elchixonasi matbuot xizmati kotibi Leonid Kudryavtsevga ko`ra, Toshkent shahar hokimiyatining elchixona binosi oldidagi to`siqlarni olib tashlash haqidagi qaroridan so`ng, elchixona ma'muriyati xavfsizlik nuqtai nazaridan shunday chora qo`llashga majbur bo`lgan.

"O`zbekistonlik fuqarolarga qachondan boshlab viza berish yo`lga qo`yilishi noma'lum, xavfsizlik borasida biron chora qollanilmas ekan bu haqda gapirish erta, biroq buning boshqa turli choralari o`ylab ko`rilayapti", - deydi Leonid Kudryavtsev.

Toshkent shahar hokimiyatining matbuot xizmati vakili hokimiyatning elchixona oldidagi to`siqlarni olib tashlanishi shaharni obodonlashtirish va ko`chalardagi transport qatnovini tartibga keltirish bilan bo`gliq hamda biroq xavfsizlik ta'minoti uchun qo`yilgan to`siqlarning elchixona oldiga qayta joylashtirilishi ko`zda tutilmayapti.

Buyuk Britaniya elchixonasiga ko`ra, viza zarur bo`lganda O`zbekiston fuqarolari Britaniyaning Qozog`istondagi yoki Moskvadagi konsullik bo`limlariga murojaat qilishlari mumkin. O`zbekiston tashqi ishlar vazirligi bu holatga daxli yo`qligini aytdi.

XS
SM
MD
LG