Rossiya AQSh va NATOni Markaziy Osiyoning ichki hayotiga aralashayotganlikda ayblamoqda


Rossiya hukumati vakillari AQSh va NATOni Markaziy Osiyodagi siyosiy ahvolni taranglashtirayotganlikda ayblamoqdalar.

Rossiya Mudofaa vaziri Sergey Ivanovning aytishicha, NATO va Vashinton demokratiya targ’iboti deb mintaqadagi mustaqil davlatlarning ichki ishlariga aralashmoqda.

Bugun Moskvada Kollektiv Xavfsizlik Shartnomasi Tashkiloti yig’ilishida nutq so’zlar ekan, Ivanov, "Rossiya Markaziy Osiyoda o’z harbiy bazalarini ko’paytirmoqchi emas,"- dedi. Kollektiv Xavfsizlik Shartnomasi Tashkilotiga Armaniston, Belarus, Qozog’iston, Qirg’iziston, Rossiya va Tojikiston kiradi.

Yig'ilishda so'zlagan prezident Putin a'zo-davlatlarni xavfsizlik borasida birgalikda ishlashga chaqirdi. Rossiya tashkilot a'zolariga harbiy jihatdan yordam berishga tayyor, dedi Putin.

XS
SM
MD
LG