Breaking News

Andijon otishmalari bo'yicha yana to'rt sud o'tkazildi


May oyida Andijondagi qon to'kilishlarga aloqadorlikda ayblangan 50 dan ziyod kishi O'zbekistondagi sudlar tomonidan shu bir necha kunlar ichida uzoq muddatli qamoq jazolariga mahkum qilindilar. Sentyabrda boshlangan ilk 15 ayblanuvchining ustidan o'tkazilgan sud o'z hukmini o'tgan oyda chiqargan edi, biroq shundan so'ng xabarlarga ko'ra viloyatlardagi to'rt sudda jarayonlar xufyona o'tkazilgan.

Sud ayblanuvchilarning barchasini aybdor deb topib, ularga 12 dan 22 yilgacha qamoq jazosini belgilagan. Sudlarning biri chiqargan qarorda ayblanuvchilar oldindan uyushtirilgan qotilliklar, ommaviy chiqishlar va boshqa qator jinoyatlarni sodir etgan deyiladi. Xabarlarga ko'ra, kamida to'rt joyda yopiq sud jarayonlari o'tkazilgan.

O'tgan oyda 15 kishidan iborat dastlabki guruhning ishi Oliy Sud tomonidan jamoatchilik uchun ochiq deb e'lon qilingan sudda ko'rilgan edi. Kuzatuvchilarga ko'ra, sud Iosif Stalin davridagi ibratli sud jarayonlarini eslatadi.

Inson huquqlari himoyasi bilan shug'ullanadigan guruhlar jarayonga Andijon voqealari negizidagi haqiqatni yashirish uchun hukumat tomonidan uyushtirilgan deb baho berganlar.

O'zbek hukumatining hisobiga ko'ra, Andijonda tartibsizliklar va otishmalardan may oyida 187 kishi halok bo'lgan, biroq inson huquqlari guruhlarining aytishicha, Andijonda hukumat qo'shinlarining namoyischilarga tartibsiz o'q uzishi oqibatida bu raqamdan kamida 4-5 baravar ko'p odam o'lgan.

Ana shunday tashkilotlardan biri, Xyumen Rayts Uotchning, O'zbekistondagi vakili Alison Gil nazarida, yopiq tarzda o'tkazilgan boshqa sud jarayonlari ham birinchisiga o'xshab yuqoridan kelgan ko'rsatmalar asosida o'tkazilgan bo'lishi mumkin, chunki viloyat sudlarini nazorat qilish Oliy Suddan ham osonroq.

"Aynan mana shu kabi jarayonlarda, ularda ayblanuvchilarga bo'lgan munosabatni va himoyalarining tayyorgarlik darajasini ko'rib, Andijonda nima sodir bo'lganini o'rganamiz, deydi u."

O'zbekiston hukumati G'arb davlatlari va tashkilotlarining Andijondagi qon to'kilishlarni tergov qilish bo'yicha qilgan talabini hanuzgacha inkor etib kelmoqda. Bu esa o'z navbatida O'zbekiston hukumatining ular bilan aloqalarining yomonlashishiga sabab bo'lib turibdi.

XS
SM
MD
LG