<i>Adolatli ekologiya</i>: O'zbekiston paxtasiga jahon bozorida o'rin yo'q


Londondagi Adolatli Ekologiya Jamg'armasi O`zbekistonda paxta yetishtirilishiga va terilishida majburiy mehnatdan foydalanilayotgani sabab, jahon bozorida bu mamlakat paxtasi rad etilishi kerak, degan g'oyani olg'a surmoqda.

Adolatli ekologiya jamg`armasi tomonidan e`lon qilingan hisobotda O`zbekistondagi paxta xom-ashyosini etishtirish ekologik meyorlar buzilgan holda va yosh bollarning majburan mehnatga jalb qilinishi asosida amalga oshirilayotganiga urg`u beriladi.

Jamg'arma Yevropa davlatlariga murojjat qilar ekan ayna shu sababalar bois O`zbekiston tomonidan import qilnayotgan paxta xomashyosiga taqiq qo`yishni tavsiya qiladi.

O`zbekistondagi “Siyosat” axborot tahlil markazi ekspertlariga ko`ra, jamg`armaning hisoboti so`nggi paytda O`zbekistonga nisbatan uyushtirilayotgan Garb davlatlarining bosimi bilan bo`gliq. Bu haqda “Siyosat” markazi eksperti G`ulom Mirzaev internet saytda chop etilgan “Fitnaning maqsadi nimada” nomli maqolasida mulohaza uyritadi. Gulom Mirzaevga ko`ra “Adolatli ekologiya jamgarmasi”ning hisoboti bir yoqlama e`lon qilingan.

“Ekspertlar, agar O`zbekistonning paxta indstruyasi ekologiya zarar etkazayapti degan gapni aymoqchi bo`lsa, ular albatta O`zbekiston siyosatida bu borada olib borilayotgan ishlar tahlili bilan ham shug`ullanishi kerak edi. Bu narsalarga yuzaki yondoshilgan, asosiy maqsad O`zbekistonning paxta sotish bo`yicha iqtisodiy manfaatiga zarba berishga qaratilgan. Men shunday hisoblayman”, - deydi G`ulom Mirzaev.

G`ulom Mirzaev jamg'arma hisobotida bolalar huquqqining poymol etilishi sifatida qayd etgan holat O`zbekistonda bolalar, maktab o`quvchilari majburan ravishda paxta terimiga olib chiqilishi holatlariga nisbatan quyidagicha munosabat bildiradi:

“Hozir paxta mavsumi o`tib bo`lgan, keeling yanagi paxta mavsumida shu haqda gaplashaylik. Siz menga ayting, falon maktabda bollar paxta terishayapti, keyin men shunga yarasha javob beray. Odamlarni dalaga faqat iqtisodiy manfaatlari olib chiqmoqda, men bu haqda qishloqdoshlarim bilan gaplashib ko`rganman”.

O`zbekiston paxta xomashyosini sotish bo`yicha dunyoda ikkinchi o`rinni eggalayotgan mamalakat, kuzatuvchilarga ko`ra, paxta etishtirishdagi usul O`zbekistonda hamon sobiq ittifoq tuzumidagi usul yani davlat monapolyasi orqali amalga oshirib kelinmoqda.

Yerning fermerlarga faqat paxta va don ekilishi sharti bilan berilishi, davlat tomonidan fermerlarga ajratilayotgan texnik ko`maklarning bozor narxida ko`rsatilishi, paxta hosilining davlat tomonidan belgilangan va bozor narxidan ancha past bo`lgan yagona narxda sotib olinishi dehqonni paxta etishtirishdan manfattdor qilmaydi.

Mahalliy kuzatuvchilardan biri Bahtiyor Isabekkning bu boradagi mulohazalari:

“Ekologiyani buzilishi, paxta terimida bolalar mehnatidan foydalanishda, aybdor xalq emas, odatda hukumat bo`ladi, buni hamma biladi. Hukumatga achchiq qilib, xalqni o`zi shundoq ham ozgina bo`lgan daromadi hisobga olinsa, o`zi hukumat xalqning daromadini o`ndan birini beradimi yo`qmi, shu tomonlarini hisobga olinsa bu chaqiriqni qo`llasa bo`ladi. Mening nazarimda ekologiya bo`yicha ular aytgan holat xuddi shu tariqada, bunda hech qanday dushmanlik holati ko`rinmaydi”.

Bahtiyor Isabek hozirda paxta etishtirishda kimyoviy o`gitlarning ishlatilishi haqida shunday mulohazalar bildirib o`tadi:

“Bolalarning sog`ligiga ta'siri nihoyatda katta. Chunki bir marta Amerika Vietnamda urush davrida bir marta pestitsit ishlatgani uchun butun dunyo oyoqqa qalqqan edi. Biz endi buni samolyotlar yordamida emas, traktorlarda sepayotgan ekanmiz, boshqa bir yoqqa sochayotganimiz yo`q, hamon o`sha erga sochayapmiz, o`sha erga bolalarimizni olib kirayapmiz. Aniqrog`i, boshlang`ich sinflardan boshlab, 1-2 sinflardan tashqari, qolgani hammasi ommaviy tarzda olib chiqilayapti. Fermarlarning o`zlari pul ishlash maqsadida olib chiqishidan tashqari, joylardagi hokimyatlar buyrug`I bilan bolalar mehnatidan foydalanish to`liq davom etayapti”, - deb hisoblaydi Bahtiyor Isabek.

O`zbekiston rasmiy idoralari tomonidan el`lon qilingan ma'lumotlarga ko`ra O`zbekiston byudjeti qishloq xo`jaligida taqoza etilayotgan qaramlikda qutilib bormoqda, bunga misol tariqasida davlat budjetining 25-30 foizini qishloq xo`jaligidan kelayotgan daromad tashkil etayotgani keltirib o`tiladi.

Mustaqil kuzatuvchilar esa aksincha, davlat budjetining qishloq xo`jaligidan taqoza etilishi tobora kuchayib bormoqda.

Qishloq xo`jaligi fanlari nomzodi Qubron Roziqovning O`zbekistondagi qishloq xo`jaligiga ba`gishlangan tadqiqotlarida keltirilishicha O`zbekistonda yerning yillar davomida ayovsiz ravishda kimyoviy o`gitlar bilan boyitilishi natijasida tuproq unumdorligi keskin tushib ketgan va hozirda hosildorlik darajasini ko`tarish uchun sobiq ittifoq davrida ishlatilgan ko`ra ko`proq zaharli o`g'itlar ishlatilmoqda.

XS
SM
MD
LG