Breaking News

14 dekabr Qoraqalpog'iston suvereniteti kuni


1936 yildan O’zbekiston tarkibida bo’lgan Qoraqalpog’iston 1990 yili 14 dekabrda o’z davlat suverenitetini e’lon qildi.

80-yillar Qoraqalpog’iston ijtimoiy va siyosiy hayotining faol ishtirokchisi, shoir va jurnalist Minayxon Jumanazaro’va gapiradi:

“1990 yilning 14 dekabrida Qoraqalpog’iston Respublikasi Oliy Soveti 4- sessiyasida Qoraqalpog’istonning davlat suvereniteti masalasi qo’yildi va o’sha kuni Qoraqalpog’iston suveren davlat deb e’lon qilindi. O’zbekiston va Qoraqalpog’iston Respublikalari orasidagi munosabat o’zaro shartnoma asosida bo’ladi, deb aytildi. Lekin bu kelishimlar, menimcha qog’ozda qolib ketdi, deb o’ylayman”.

Qoraqalpog’istonda 14 dekabr bayram sifatida dam olish kuni qilib belgilanmagan, biroq, bu borada takliflar bo’lgan edi. Halqning soni oz bo'lgani uning huquqlari ham oz degani emas, deydi Minayxon Jumanazarova va so’zini davom qiladi:

“Qoraqalpog’istonning davlat suvereniteti e’lon qilingan 14 dekabrni bayram kuni qilib belgilaylik, degan takliflar ham bo’lgan edi.

90-yillarda 14 dekabr kuni sanaga bog’liq maqolalar beriladigan edi ommaviy axborot bositalarida, fikrlar aytiladigan edi. Hozir radio’, televidenie, gazetalarimizda suverenitet haqida umuman aytilmay qolayapti.

Tarix fani sobiq o’qituvchisi, nafaqaxo’r Vaisniyoz Saparo’v fikricha:

“Qoraqalpog’iston o’z oldiga respublika bo’lganidan keyin, davlat suvereniteti e’lon qilingan kun bayram bo’lishi kerak. Qoraqalpog’iston bilan hisoblashayotgani yo’q umuman Toshkent, iloji bo’lsa Qoraqalpog’istonni biroto’la o’ziniki qilib olmoqchi Toshkent”.

Tarixchi olim, akademik Sobir Kamolov Qoraqalpog’iston O’zbekiston tarkibida bo’lganidan keyin, 14 dekabrni ayrim bayram qilishga hojat bo’lmasa kerak, deb aytadi:

“Konstitutsiya kuni deymiz, mustaqillik kuni, deymiz, aytilayapti, gazetalarda yozilayapti, biroq shu kuni dam olish emas. O’zbekiston bilan bir mamlakat bo’lgandan keyin , men o’ylayman-da, unchalik ahamiyati yo’q , Qoraqalpog’istonda ayrim bayram qilishning, deb. 14 dekabrda gazetalarimizda yozib, bunday belgilab o’tamiz, dam olish kuni qilish shart emas , deb o’ylaymiz”.

Biz 14 dekabr - Qoraqalpog’iston Respublikasi davlat suvereniteti e’lon qilingan kunning 15 yilligi munosabati bilan mahalliy ommaviy axborot vositalarida qanday maqolalar chop qilinayotgani bilan ham qiziqdik.

Qoraqalpog’iston radio’si bosh muharriri Quyosh Yusupo’v bu haqda hech narsa aytolmayman, desa, Respublikaning birinchi “Erkin Qoraqalpog’iston”- “ Vesti Karakalpakstana” gazetalari qo’shma muharririyati bosh muharriri Kenesbay Karimo’v sanaga bag’ishlab:

“Maqola chiqmayapti”,

Sababi:

“Bizga mavzu yuzasidan maqolalar kelib tushmadi“, deydi muharrir.

O’z nomini atamasligimizni so’ragan jurnalistga ko’ra, 13 dekabr ertalab Qoraqalpog’iston davlat teleradio’kampaniyasi rahbariyati barcha xodimlardan 14 dekabrga bog’liq biron-bir material qilmaslikni talab qilgan.

O’zbekiston radio’si va televideniesining Qoraqalpog’istondagi muxbirlari ham, mavzu yuzasidan hech qanday eshittirish yoki ko’rsatuv tayyorlamayotganliklarini aytishadi.

Minayxon Jumanazaro’va Qoraqalpog’iston ommaviy axborot vositalaridagi bunday sukunatni shunday izohlaydi:

“O’sha vaqqtlari Qoraqalpog’iston Respublikasining suverenitetini ko’tarib chiqqan ziyolilarning ayrim vakillari ko’p tazyiqlarga uchradi. Mumkin , shundan qo’rquv bordir”.

XS
SM
MD
LG