Ichki ishlar xodimlari Andijon isyonining oldini olmaganlikda ayblanmoqda


O`zbekistonda Andijon voqealarida ayblanayotgan fuqarolar ustidan navbatdagi rasmiy tarzda yopiq o’tishi e`lon qilingan sud jarayonlari boshlandi.

Toshkent shahri va viloyatidagi bir necha tumanlarda boshlangan sud jarayonida Andijon voqealarida daxldor sanalayotgan 78 fuqaro, bundan tashqari, o`z xizmatlariga sovuqqonlik bilan yondoshganligi aytilayotgan ichki ishlar, mudofaa vazirligi xodimlari ayblanmoqda.

Mahalliy kuzatuvchilarga ko`ra, mazkur sud jarayonlari Andijon voqealari bo`yicha o`tayotgan sud jarayonlarining so`nggisi bo`lishi mumkin. Bundan avval O`zbekiston Oliy sudida dastlabki o`n besh kishi ustidan, keyinchalik viloyat sudlarida yana o`ttizga yaqin fuqarolar ustidan sud jarayonlari nihoyasiga etgan edi.

Toshkent viloyatining bir necha tumanlarida 14 noyabrdan boshlangan sud jarayonlarida, O`zbekiston Oliy sudi matbuot xizmati tarqatgan malumotlarga ko`ra, terrochilikda ayblanayotgan 78 fuqaro ustidan sud jarayonlari yopiq tarzda o`tadi.

Bunga sabab sifatida jarayonda davlat siriga tegishli materiallarning ko`rilishi, guvohlar va ko`rsatma berayotganlarning xavfsizligini ta’minlash masalalari ko`rsatilgan.

Mahalliy va xalqaro inson huyquqlari himoyachilariga ko`ra O`zbekistonda Andijon voqealari ustidan ketayotgan sud jarayonlari hukumat vakillari uni ochiq yoki yopiq sud deb atashidan qat’iy nazar, doimo yopiq tarzda o`tib kelgan.

O`zbekiston Oliy sudiga ko`ra esa bundan avvalgi jarayonlar ochiq tarzda o`tgan. Bu borada O`zbekiston oily sudi matbuot xizmati vakili tomonidan radioga berilgan ma’lumotda sudlarning ochiq o`tayotganligiga urg`u qaratilgan edi.

Xalqaro va mahalliy inson huquqlar himoyachilari esa Andijon voqealari bo`yicha o`tgan, Oliy sud tomonidan ochiq ekanligi etiof etilgan sud jarayonlariga kirishga urinib ko`rishgani, biroq buning uchun ruxsat berilmagani haqida gapirishadi.

Bu haqda “Hyuman rayts uotch” xalqaro inson huqulqari tashkilotining O`zbekistondagi vakili Andre Berli e’tirozlar bildirib o`tgan edi.

Mahalliy inson huquqlari himoyachilariga ko`ra Andijon voqealari ustidan boshlangan ikkinchi jarayon juda tez sur’atda o`tgan.

Shuningdek, jarayonda biror mustaqil kuzatuvchi, jurnalistlarning ishtiroki etmaganligi, uning mutlaqo yopiq kechganligi hukumat tomonidan qo`yilayotgan ayblovlarning nechog`li to`gri ekanligini shubha ostiga qoyadi, deyishmoqda inson huquqlari himoyachilari.

O`zbekiston inson huquqlari tashabbus guruhi raisi Surat Ikromovning sud jarayonlarining nega yopiq tarzda o`tayotganligi haqidagi fikrlari quyidagicha:

Rasman yopiqligi elon qilingan jarayonlarda huquq tartibot xodimlari, aniqrog`i Andijon viloyati ichki ishlar boshqarmasi va viloyatdagi harbiy qismlar xodimlari O`zbekiston prokuraturasi tomonidan o`z xizmat vazifasiga sovuqqonlik bilan yondoshgani, harbiy qism, qomoqxona va boshqa muhum obektlarni qo`riqlash xizmati yo`lga qo`yilmagani , qurol aslahalar kerakli darajada saqlanmaganida aybdor sanalmoqda.

O`zbekiston Oliy sudi matbuot xizmati ma’lumotlariga ko`ra ichki ishlar va mudofaa vazirligi xodimlarining sovuqqonligi oqibatida terrorchilar qomoqxonaga bostirib kirish va qurol aslaha topish imkoniyatiga ega bo`lishgan.

O`zbekiston Bosh prokuraturasi Andijon voqealari yuzasidan 121 kishiga nisbatan turli darajadagi ayblovlar bilan jinoyat ishi qo`zgatilganini va Andijon voqealari xalqaro ekstremistik tashkilotlar, jumladan “Turkiston islom harakati”, “Hizbu- tahrir ”,

“Akromiylar” kabi tashkilotlar tomonidan O`zbekistonda islom davalatini qurish uchun amalgam oshirilganini takidlab o`tgan edi.

Bu borada O`zbekiston prokuraturasi tomonidan bildirilgan ma’lumotlar mamlakatdagi muxolif partiya vakillari, xalqaro va mahalliy inson huquqlari himoyachilarining keskin qarshiligiga uchradi. Ularga ko`ra Andijonda 12-13 may kunlari aholining norozilik namoyishi bo`lib o`tgan, noroizilik bildirgan tinch aholi esa O`zbekiston hukumati tomonidan o`qqa tutulgan.

Xalqaro tashkilotlar, diplomatik korpuslarning bu boradagi pozitsiyasi Andijon voqealari yuzasidan mustaqil tergov o`tkazish va vaziyatga oydinlik kiritish edi. Biroq O`zbekiston hukumati xalqaro mustaqil tergov o`tkazishga ruxsat bermadi.

XS
SM
MD
LG