Tojikiston: O'zbekiston chegaradagi minalarni tozalayotgani yo'q


O`zbekiston hukumatining qo`shni davlatlar bilan minalshtirilgan chegaralarni tozalash ishlari boshlangani haqida berayotgan bayonoti qo`shni Tojikiston rasmiylari tomonidan inkor qilinmoqda.

Tojikiston rasmiylarining matbuotda tarqatayotgan ma’lumotlariga kop`ra O`zbekiston tomoni Tojikiston bilan chegaradosh hududlarda minalardan tozalash ishini olib borayotgani hech kimga, hatto o’sha joydagi

mahalliy aholiga ham ma’lum emas. Bu haqda Tojikiston minalardan tozalash markazi direktorining o`rinbosabri Parviz Mavlonqulov "Азия-плюс" axborot agentligiga bergan intervyusida takidlab o`tgan.

Ayni paytda esa Tojik matbuotida O`zbekiston tomonidan qo`yilgan minalar oqibatida yetkazilgan zarar, minaga uchrab halok bo`lgan bir necha o`nlab fuqarolar taqdiri muhokama qilinmoqda.

Matbuotdagi bu muhokamalarga O`zbekistonning Tojikistondagi elchixonasi tomonidan ham munosabat bildirib o`tilgan, unda O`zbekiston tomonidan qo`yilgan minalar xavfsizlik choralari ekanligi va aholi bu haqda ogohlantirilgani haqida so`z boradi.

O`zbekiston Qirg`iziston va Tojikiston bilan chegaralarini 1999-2001 yillar mobaynida minalashtirgan edi. Mahalliy kuzatuvchilarga ko`ra O`zbekiston tomonidan ko`rilgan choralar behuda bo`lib, hozirgacha bu

minalarga birorta ekstremistik tashkilot vakillari uchramagan. Aksincha, Tojikiston, Qirg`iziston va O`zbekiston tomonidan yuzdan ziyod tinch aholi chegaralarda minaga uchrab halok bo`lishgan. Qoshni davlatlar va O`zbekiston aholisiga katta miqdorda moddiy zarar yetkazilgan.

O`zbekiston hukumati 2004 yilga kelib davlat chegaralarini davomli tarzda minalardan tozolash haqida qaror chiqargan edi. Ayni paytda kelib O`zbekiston hukumati berayotgan ma’lumotlarga ko`ra Tojikiston bilan chegara hududlarida 95 foiz, Qirg`iziston bilan 70 foizga qadar hudud minalardan tozalangan.

Biroq Tojikiston rasmiylari O`zbekiston tomonining bir oy avval minalardan tozalash ishlari tiklangani haqidagi bayonotini rad etadi. Markaziy Osiyodagi davlat chegaralarida O`zbekiston tomonidan qo`yilgan minalarni tozalash ishlariga Shetsariyaning minalardan tozalsh jamg`armasi mutaxassislklari jalb etilgan va hozirgacha 1300 kilometr masofa minalardan tozalangan.

Mahalliy kuzatuvhilarga ko`ra O`zbekiston tomoni asossiz ravishda davlat chegarasiga mazkur minalarni ko`mib chiqmaganda, yuzdan ziyod begunoh qurbonlarning hayotini saqlab qolingan bo`lardi.

XS
SM
MD
LG