Inson huquqlari tashkiloti Germaniyani Almatovni sudlashga chaqirmoqda


Inson huquqlari bo’yicha Human Rights Watch tashkiloti Germaniyani O’zbekiston Ishki ishlar vaziri Zokir Almatovni insoniyatga qarshi jinoyatlarni amalga oshirganlikda ayblab, tergov qilishga chaqirmoqda.

Tashkilot nazarida, Almatovning qamoqqa olinishini buyurish uchun yetarlicha dalil bor. O’tgan oy tibbiy muolaja uchun Germaniyaga borgan Almatov, Human Rights Watch tashkilotining bildirishicha, mamlakatni tark etgan bo’lishi mumkin, ammo Germaniya hukumati unga qarshi jinoiy ish ochishga haqlidir.

Tashkilot Andijon voqealari jabrdiydalaridan iborat sakkiz kishi nomidan Germaniya adliyasiga Almatovga qarshi da’vo arizasi topshirgan.

Germaniya qonuni dunyoning qayerida va kim tomonidan sodir etilgan bo’lishidan qat’iy nazar, insoniyatga qarshi qilingan harakatlarni tergov qilish, masalani mukoma qilib, aybdorni jazoga tortish huquqini beradi.

XS
SM
MD
LG