Breaking News

Nodira Hidoyatova Toshkentda qamoqqa olingan


O’zbekiston rasmiylariga ko’ra, Serquyosh O’zbekistonim koalitsiyasining faol a’zolaridan biri Nodira Hidoyatova Rossiyadan vataniga qaytayotib, Toshkentda qamoqqa olingan.

O’zbekiston Bosh prokuraturasining bildirishicha, Nodira Hidoyatovaga soliq to’lamaganlik va jinoiy guruhga a’zolik ayblari qo’yilmoqda.

Ayblanuvchining opasi, Nigora Hidoyatova bu ayblovlarni quruq tuhmat deb atab, singlisinig qamoqqa olinishi O’zbekiston hukumatining siyosiy muxolifatni qanchalik ta’qib qilayotganining yana bir isbotidir, dedi.

Nigora Hidoyatovaning turmush o’rtog’i, turkiyalik Orif Oydin yaqinda o’q jarohatidan vafot etgan edi. Hidoyatovaning aytishicha, umr yo’ldoshi uning siyosiy faoliyati sabab nishonga olindi.

Serquyosh O’zbekistonim koalitsiyasining rahbari Sanjar Umarov qalloblikda ayblanib, shu yilning oktyabr oyida qamoqqa olingan edi. Uning taqdiri noma'lumligicha qolmoqda.

XS
SM
MD
LG