Markaziy Osiyo xabarlari -23 dekabr


QOZOG'ISTON

Janubiy Qozog’iston viloyatida O’zbekistondan import qilinayotgan gaz narxi oshirilishi mumkin. Viloyat ma’muriyatiga ko’ra narxlar O’zbekistonda gaz narxini ko’tarilishi rejalari bilan bog’liq.

Mamlakatning gaz departamentiga ko’ra bu boradagi aniq xabarlar mamlakat rasmiylari Olmotadan qaytgach ma’lum bo’ladi. Hozirda mamlakatning sobiq poytaxtida gaz narxi bo’yicha ikki tomon muzokaralar olib bormoqda.

Shunday bo’lsada, Shimkent shaxriga tabiiy gaz narxi 18% ga oshadi degan e’lonlar chiqqan. Ma’lum bo’lishicha, 2006 yilning 10 yanvaridan boshlab, bir kubometr gaz narxi 11 ming tengedan 13 minga tengegacha oshiriladi.

QIRG'IZISTON

Interfaks axborot agentligining xabar berishicha, Qozog’iston Shimkent shahridan Qirg’izistonga eksport qilinuvchi yonilg’i va moy mahsulotlariga yangi kvotalar belgilashi mumkin. Bu qarorga o’zaro kelishuv asosda Bishkek shahrida bo’lib o'tgan uchrashuvda kelishildi deydi, Qozog’iston Savdo va turizm vaziri Almaz Atambayev.

Kengaytiriligan muzokaralar yaqin kelajakda Ostona shahrida o’tkazilishi belgilangan. Taklif etilgan kvotalar Qozog’istonning yonilg’i eksportidagi bir qator muammolarni hal qilishi kutilmoqda.

2006 yilda 400 000 tonna benzin, 200 000 tonna dizel, huddi shuncha kerosin, 20 000 tonna neft va 6 000 tonna suyuq gaz uchun kvotalar belgilanadi.

TOJIKISTON

Tojikiston Davlat statistika qo’mitasining bidirishicha, 2005 yilning yanvar-noyabr muddatida Tojikiston yalpi ichki mahsulot miqdori 6.3 milliard somonini tashkil etib, yillik ko’rsatkich 6.1 foizga oshgan. Interfaks agentiligning ma’lum qilishicha, sanoat ishlab chiqarish ko’rsatkichi 8.6% ga oshib 3.6 milliard somonini tashkil etmoqda, yillik inflyatsiya darajasi esa 0.2% ga teng.

Mamlakatda xorijiy valyuta ya’ni bir AQSh dollari 3.180 somoni atrofidadir.

O'ZBEKISTON

AQShning Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkilotidagi doimiy vakili Juli Finliga ko’ra, rasmiy Vashington O’zbekistonda so’z erkinligi va mustaqil ommaviy axborot vositalarining rivojlanishiga qarshi qo’yilayotgan to’siqlardan chuqur tashvishda. 12 dekabr kuni O’zbekiston hukumati Ozodlik radiosi muxbirlariga akrreditatsiya bermay, radioning Toshkentdagi byurosi faoliyatini to’xtatib qo’ygan edi.

“Ozodlik radiosiga akkreditatsiya berilmagani, Andijon voqealaridan so’ng O’zbekiston hukumati tomonidan amalga oshirilgan yana bir ma’muriy tajovuzdir ”, dedi Finli xonim.

Ozodlik radiosining amaldagi prezidenti Jeff Trimblning aytishicha, hukumat tomonidan so’z erkinligiga nisbatan o’tkazilayotgan bosim mamlakatni yemirib, parchalamoqda. “Muxbirlarimiz Markaziy Osiyo va O’zbekistonda bo’layotgan voqeliklarni ochiq-oydin ko’rsatganlari uchun ta’qib ostiga; Karimov hukumati oddiy inson huquqlari normalariga ham rioya qilmayapti,” - deya qo’shimcha qildi janob Trimbl.

Chegarasiz Muxbirlar tashkiloti esa bugungi kunda O’zbekistonda mavjud senzura iqlimi va mustaqil matbuotning ta’qib qilinishi borasida xavotir bildirganlar.

Finli honim, O’zbekiston hukumatini xalqaro jurnalist, muxbirlarni ta’qib qilishni va Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkilotining matbuot ekrinligini qo’llab-quvvatlash shartlariga rioya qilishiga chaqiradi.

XS
SM
MD
LG