Breaking News

Markaziy Osiyo xabarlari - 29 dekabr


O'zbekiston

O'zbekiston prezidenti Islom Karimov o'zining maxsus farmoni bilan GUUAM tashkiloti doirasida imzolangan bir nechta hujjatlarni bekor qildi, jumladan Yalta Xartiyasini, savdo va transportni qo'llab-quvvatlash bo'yicha memorandumni hamda GUUAM ga a'zo davlatlar hukumatlari o'rtasida bojxona ishlari bo'yicha o'zaro ko'mak berish va hamkorlik qilish to'g'risidagi shartnomani.

Mazkur shartnomalarni bekor qilish bilan O'zbekiston o'zini ularda aks ettirilgan majburiyatlardan ozod qildi. Rasmiy Toshkent Gruziya, Ukraina, Ozarbayjon hamda Moldovadan o'zaro hamkorlikni kuchaytirish hamda Rossiyaning MDH dagi faolligiga qarshilik ko'rsatish maqsadida AQSh ko'magi bilan tuzilgan tashkilotga 1999 yili a'zo bo'lgan edi. 2002 yilga kelib O'zbekiston tashkilot doirasidagi faoliyatini to'xtatgan va 2005 yilning aprel oyida uni butunlay tark etgan.

Qozog'iston

Qozog'iston Senatining bugungi yig'ilishida Mehnat faoliyati haqidagi qonunga o'zgartirishlar kiritildi. Jumladan qonunning 56-moddasiga qo'shimcha qilib Iyd-ul-Adha, ya'ni Qurbon Hayitning birinchi kuni hamda Pravoslav Rojdestvosi milliy bayram etib belgilandi.

Turkmaniston

Rossiyaning "Gazprom" kompaniyasi 2006 yil davomida ming kubometriga 65 AQSh dollari narxida Turkmanistondan 30 milliard kubometrgacha gaz sotib olishini ma'lum qildi. Shuning yarmi kelasi yilning birinchi choragida xarid qilinadi. Saparmurat Niyozov turkman gazining narxini jahon bozoridagi narxlargacha ko'targach, Gazprom Turkmaniston bilan bu borada bir vaqt muzokaralar o'tkazgan edi. Kompaniyaning chet-el xaridorlari oldidagi majburiyatlari tufayli Gazprom Turkmaniston belgilagan narxlar bo'yicha gazni olishga majbur bo'ldi.

XS
SM
MD
LG