Breaking News

XRV: Qirg'iziston O'zbekistonga qochqinlarni chiqarmasligi kerak


Inson huquqlari bilan shug’ullanuvchi xalqaro Xyumen Rayts Uotch tashkilotining ma’lum qilishicha, 29 dekabr kuni tashkilot Qirg’iziston prezidenti Kurmanbek Bakiyev nomiga xat yozib, unda Qirg’izistondan O’zbekistonga qochqinlarni chiqarmaslikni so’ragan. Aks holda, deyiladi xatda, ular qiynoqlarga solinishlari mumkin.

Ayni damda besh kishi qo’shni respublikadan O’zbekistonga chiqarilishi mumkin. Ularning to’rt nafari rasmiy qochqin maqomini olgan, beshinchisining ishi esa haligacha Qochqinlar bo’yicha bosh komissariat tomonidan ko’rib chiqilmoqda.

Xatda Xyumen Rayts Uotch Qirg’izistonni qochqinlar bo’yicha xalqaro konvensiyaga rioya qilishga chaqirmoqda. Unga ko’ra, qochqinlar qiynoqlarga solinishi mumkin bo’lgan mamlakatlarga chiqarilmasliklari kerak. BMT ning qiynoqlar bo’yicha maxsus tergovchisi O’zbekistonni ana shunday mamlakatlar qatoriga qo’shgan.

O’zbekistondan farqli o’laroq, Qirg’iziston qochqinlar bo’yicha xalqaro konvensiyaga qo’l qo’ygan. O’zbekiston hukumati chiqarilishi so’ralayotgan besh kishini Andijondagi voqealarga aloqadorlikda ayblamoqda.

XS
SM
MD
LG