Breaking News

Kreg Murrey: O'zbekistonda qiynoqlarga solish amaliyotda


Buyuk Britaniyaning O’zbekistondagi sobiq elchisi Kreg Murrey O’zbekistonda qiynoqlarga solinish hollarini tasdiqlovchi ba’zi hujjatlarni internetda chop etdi. Bu bilan sobiq elchi Britaniya hukumatiga mamlakat tashqi ishlar vazirligining O’zbekistondagi qiynoqlarga solinish hollaridan xabardor bo’lganligini, biroq shunga qaramay hech qanday chora ko’rmaganini ma’lum qilmoqchi bo’lgan.

Murrey o’zining tashqi ishlar vazirligi bilan bu boradagi bir necha xatlarini chop etgan. Ularda Murrey O’zbekistonda terror bilan bog’liq mahbuslarning bergan ma’lumotlari qiynoqlar orqali olingani haqida ogohlantirgan, biroq vazirlik bunga parvo qilmagan.

Elchi Murrey o’zining “Samarqandda qotillik” deb nomlangan kitobiga ushbu hujjatlarni kiritmoqchi bo’lgan, biroq Tashqi ishlar vazirligi bunga qarshi chiqqan va shunda Murrey ularni Internetda chop etishga qaror qilgan.

XS
SM
MD
LG