Breaking News

Qoraqalpog'iston 2006 yilni qanday qarshilamoqda?


Asosan qishloq xo’jaligiga ixtisoslashgan Qoraqalpog’istonda 2005 yil dehqonchilik uchun juda qulay keldi. Ayniqsa suvning mo’l bo’lgani odamlar ko’ngliga umid uchqunlari bag’ishladi. Respublika o’z tarixida birinchi marta davlatga paxta sotish rejasini sentyabr oyida uddaladi.

Yangi yil arafasida qozog'istonliklarga o’tayotgan 2005 -yilda sizni nima quvontirdi-yu, nimalar tashvishga soldi, deya murojaat qilarkanmiz, deyarli barcha respondentlar o’z so’zlarida asosan qishloq xo’jaligidagi ijobiy holatlarga urg’u berishadi:

“2005 yil juda bir yaxshi yil bo’ldi. Yoz issiq bo’lib, ob-havo yaxshi bo’ldi. Dehqonchiligimiz mo’l bo’ldi. Shaxsan o’zimga ham mivaffaqiyatli yil bo’ldi: bir o’g’limni uyli-jo’yli qildim, bir qizimga ham imorat solib berib, bo’lak chiqardik”.

“ Men uchun ham yaxshi yil bo’ldi. Bir qizimni turmushga chiqardim, yana bittasi uyli-joyli bo’ldi. Men uchun baxtli yil bo’ldi. Albatta, hayot tashvishsiz bo’lmaydi-ku. Biroq, mehnat qilsangiz, muammolarning ham echimini topsa bo’ladi”.

“ Huquq sohasida oldinga siljish bo’lmayapti. Inson huquqlarining ko’plab buzilish holatlarining guvohi bo’layapmiz. Respulikada inson huquqlari, huquq madaniyati saqlanyapti, deb aytishga bo’ladimi?

"Oldinga siljish harakatini men ko’rmadim. Ayrim jabhalarda hatto orqaga ketish holatlarini sezdim”.

“Muammolar ko’p. Masalan, ish bo’lsa oilamiz ham yaxshi bo’ladi,
non topsak yaxshida”.

Oliy ma’lumotli tarbiyachi ekanligini, biroq, davlat ishida oylik maosh kamligidan, ishini tashlab ketishga majbur bo'lgan yana bir qoraqalpog'iston shunday deydi:

“ Majbur bo’ldim... ikki bolamni boqishim kerak, bir bolam maktabni
bitkazay deb turibdi, ungayam xarajat kerak, hamma joyda harajatsiz
hech narsa berishmaydi. Nima ham qila olarding, yangi yil kelayapti,
barchasiga ko’namiz-da“.

Boshqa bir suhbatdoshimiz, "Tartib –intizom bo’lishi kerak, haqiqat bo’lishi kerak”,-deydi.

“Yangi yil hammaga yaxshi yil bolsin, arzonchilik bo’lsin, qimmatchilik bo’lmasin, tinchlik bo’lsin-- tilagim shu”.

“ Mening uchun qiyin yil bo’lib o’tdi. Adolat uchun kurashib o’tkazdim yilni. Egilsam ham sinmayman. 2006 yilda ham kurashimni davom qildiraman. Baribir haqiqatlikka etaman”.

“Yangi 2006 yilni it yili deyishyapti. Itga mehribonlik xos, biz ham mehribon bo’laylik. It odamlarning qozoni qaynab turishini tilab turadi, deyishadi. Shu aytganday, qozonimiz qaynab tursin, elimizda mo’qchilik bo’lsin. Osmonimiz ochiq bo’lsin , deymiz”.

“Xayrlashayotgan yilimizda quvonchli deb odamlarimizning harakatga tushganligini, ishchanlikni o’rganayotganligini aytardim. Xafa bo’ladigan narsalar, bu hayotdagi ayrim o’rnida turib qolgan muammolar, ishsizlikning ko’pligi. Men 2006 yilda o’zgarishlar ko’proq bo’ladi , deb o’ylayman”.

“Ishsizlik. Ish yo’q bizda”.

“Quvonchdaman, bolam birinchi sinfga o’qishga bordi. Ekinimiz mo’l bo’ldi, suvimiz mo’l bo’ldi, shundan quvonchdaman”.

Biz, o’ttizdan ortiq fuqarolarga, sizni o’tayotgan 2005 yilda nima quvontirdi-yu, nimalar ma’qul bo’lmadi, degan yuqoridagi savolimizni berdik. Ulardan birontasi ham Andijon voqealarini tilga olmadi.

Bir-necha respondentlarimizdan , Andijon voqealariga munosabatini to’g’ridan-to’g’ri so’raganimizda:

“Buni har kimning qalbi biladi, o’zlari bilishadi o’zlari hal qilishadi”.

“U erda ham, sezishimcha, qandaydir siyosat aralashgan”,- deb javob berishdi.

Respublika tug’ruqxonasida birinchi farzandli bo’lgan kelinchak ham:

“Yangi yil arafasida qizli boldim. Katta quvonch og’ushidaman. Qoraqalpog’iston halqini Yangi yil bayrami bilan tabriklayman”,- deydi.

Nukus markazida, Respublika Joqarg’i Kenesi va hukumati binolari
oldidagi maydonda o’rnatilgan archa atrofi gavjum. Esdalik uchun
suratga tushishga kelgan kelin –kuyovlarga mikrofon tutaman:

Kelin deydi: “Men uchun yaxshi yil, eng baxtli yil, sababi turmushga chiqyapman
sevgan yigitimga”.

XS
SM
MD
LG