Breaking News

Markaziy Osiyo xabarlari-5 yanvar


O’ZBEKISTON

AQSh va Mo’g’uliston askarlarining o’zaro harbiy mashqlaridan so’ng navbat O’zbekiston harbiylariga ham keldi. Hindistonning Mizoram shtatidagi “Jangari va Isyonchilarga Qarshi Kurash” maktabiga yetib kelgan 30 askar va 3 zobitdan iborat O’zbekiston harbiy guruhi shu yilning 14 yanvarigacha u yerda qo’shma mashg’ulotlar olib boradilar. Mashg’ulotlar davomida Britaniya va Isroil zobitlari kuzatuvchi sifatida qatnashishi kutilmoqda. Mizoramdagi “Jangari va Isyonchilarga Qarshi Kurash” maktabiga 1970 yilda asos solingan bo’lib, unda isyon ko’tarilgan davrlarda ularni bostirish uchun harbiylarni tayyorlash ko’zda tutilgan.

TOJIKISTON

16 yanvar kuni Tojikiston, Afg’oniston va Eron prezidentlarining Tehronda uchrashishlari kutilmoqda. Uchala prezident o’zaro uchrashuvlar davomida uch tomonlama aloqalarni kuchaytirish hamda mamlakatlar orasida transport yo’llarini qurish masalalarini ko’rib chiqadilar.

TURKMANISTON

Qozog’iston va Turkmaniston rahbarlari Nursultan Nazarboyev va Saparmurot Niyozovlar telefon orqali suhbatlashib ikki tomonlama hamkorlik masalalarini muhokama qildilar. Turkmaniston prezidentining matbuot xizmatiga ko’ra prezidentlar, iqtisodiyot, gaz va neft masalasi hamda Kaspiy dengizi resurslarini rivojlantirish mavzusiga alohida e’tibor qaratganlar.

QOZOG’ISTON

Qozog’istondagi musulmonlar guruhining bir qismi, o’zlarining muqaddas burchlarini ado qilish uchun haj safarlarini boshladilar. Qozog’iston Musulmonlar Ma’muriyati kotibi Ongarqozi Omirbekka ko’ra bu yil Saudia Arabistoniga Qozo’gistondan 1200 yaqin ziyoratchining borishi rejlashtirilgan. Bugungi kunda Qozog’istonda 11 milliondan ziyod musulmonlar bo’lib, mamlakat aholisining 70 foizini tashkil qiladi.

QIRG’IZISTON

21-26 fevral kunlari Qirg’iziston poytaxti Bishkekda Markaziy Osiyo jurnalistlari malaka oshirish uchun yig’iladilar. Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik tashkiloti homiyligida o’tadigan kurslarda mintaqadan 25 jurnalistning qatnashishi belgilangan. Mazkur malaka oshirish kurslarida qatnashmoqchi bo’lgan jurnalistlar, www.ijnet.org saytidan batadsil ma’lumotrlarga ega bo’lishlari mumkin.

XS
SM
MD
LG