Ruslan Chagayev nokaut bilan g'alaba qozondi


“Oq Tayson” laqabini olgan andijonlik professional bokschi Ruslan Chagayev o’zining og'ir vaznlilar o’rtasidagi jangida navbatdagi g’alabaga erishdi. 7 yanvar kuni Germaniyaning Myunxen shahrida o’tkazilgan jangda Chagayevga qarshi amerikalik Rob Kallovey ringga chiqdi.

Ikkinchi raundda chap qo’l bilan berilgan ketma-ket ikki zarbadan so’ng Kallovey nokaut holatiga tushdi. Bu Ruslanning aynan shu bokschi bilan o’tkazgan ikkinchi janggi edi. 2002 yil o’tkazilgan ilk uchrashuvda texnik durang qayd etilgan edi.

Mazkur g’alaba o’zbekistonlik “Oq Tayson” uchun 19-si bo’ldi. Ularning 16 tasi nokaut bilan tugagan. Chagayev ayni damda Jahon Boks Tashkiloti (WBO) reytingi bo’yicha 9- va Jahon Boks Uyushmasi (WBA) reytingi bo’yicha 15-pog’onalarni egallab kelmoqda.

XS
SM
MD
LG