Breaking News

AQShga ko'ra, Eronga qarshi chora ko'rmaslik mas'uliyatsizlikdir


AQSh Davlat departamenti va Oq uy Eronning so’nggi harakati uning yadro dasturi mojarosini yanada chigallashtirdi, degan bayonot chiqardi. Unda aytilishicha, AQSh boshqa davlatlar bilan maslahatlashib, Atom Energiyasi bo’yicha xalqaro boshqarmaning favqulodda yig’ilishini chaqirishi mumkin.

Davlat departamenti so’zlovchisi Shon Makkormak Yevropa davlatlari chiqargan shunga o’xshash tashvishli boshqa bayonotlarni ham sanab o’tdi. Unga ko’ra, Eron o’zini yakkalab qo’ymoqda, va uranni boyitish faqat tadqiqotlar uchun kerak, degan bayonotiga ishonib bo’lmaydi.

“Eron buni kichik bir tadqiqot, dastur deb ta’riflayapti. Vaholanki, Eron haqida gapirganda, buni kichik bir dastur deb bo’lmaydi. Ularning maqsadi uranni boyitishda malaka oshirish,”- deydi AQSh vakili.

Eronliklar bizga ishoning deb so’rashyapti, lekin ularning o’tmishda bir necha bor aldagani va Eron prezidenti Maxmud Ahmadinejodning yaqinda qilgan tashvishli bayonotlari xalqaro hamjamiyat ishonchini yo’qqa chiqargan, dedi Makkormak. Uning ta’kidlashicha, Eronga qarshi chora ko’rmaslik mas’uliyatsizlikdir.

Davlat departamentidagi muxbirimiz Deyvid Gollastning xabar berishicha, BMT Xavfsizlik Kengashining besh doimiy a’zosi, jumladan Rossiya va Xitoy Eronni muzokaraga qaytishga chaqirganlar.

XS
SM
MD
LG