Breaking News

Markaziy Osiyo xabarlari- 12 yanvar


Qirg'iziston-O'zbekiston

Inson huquqlari bo’yicha Human Rights Watch tashkiloti Qir’giziston hukumatini o’zbekistonlik to’rt qochqinni O’zbekistonga qaytarmaslikka chaqirmoqda. O’zbekiston hukumati qochqinlar qaytarilgan taqdirda, ular yoniga xalqaro tashkilotlar yo’latishini aytib, diplomatik kafillik bermoqda. Qir’giziston Oliy sudi qochqin-mahbuslarni ekstradiksiya qilish masalasini shu haftada ko’rib chiqishini bildirdi.

Qozog'iston

Bugun Qozog’iston prezidentining Oq –O’rda qarorgohida Nursulton Nazarboyev AQSh Qishloq xo’jalik vaziri Mayk Yoxansni qabul qildi. “Biz Nursulton Nazarboyev boshchiligidagi hukumat bilan birgalikda qator muammolar yechimini topishga harakat qildik,”-dedi AQSh diplomati. Qozog’iston prezidenti mamlakatga katta miqdorda sarmoya kiritilayotgan bo’lsa-da, ular qishloq xo’jaligi sohasiga ta’sir o’tkazamayapti deya ta’kidladi. Mayk Yoxans esa bu muammoni hal qilish uchun qishloq xo’jaligi mutaxassislari guruhini tashkil etishni taklif etgan.

Qoz’og’iston Mudofaa vazirligi delegatsiyasi, Belgiyaning Bryussel shahriga, NATO, ya’ni Shimoliy Atlantika Ittifoqining bosh qarorgohiga sfar qilmoqda. Tashrifning ilk kunidayoq Mudofaa vaziri o’rinbosari general Leytenant Bulat Sembinov NATOning Frantsiyadagi vakili bilan uchrashdi. Uchrashuv davomida mudofaa sohasidagi ikki tomonlama hamkorlik masalalari muhokama qilindi.

Tojikiston

Birlashgan Millatlar tashkilotining insonparvarlik ishlari bilan bo’limining ma’lum qilishicha, Tojikiston hukumati Markaziy Osiyodagi eng qambag’al davlatdir va asosan xalqaro yordamga tobe bo’lib qolgan. Ammo chet el yordami mamlakat ehtiyojlarini qondirmayapti. Mamlakat statistikasiga ko’ra o’tgan 2005 yilda Tojikistonga 71 million AQSh dollari miqdoridagi oziq-ovqat mahsulotlari yordam sifatida berilgan.

6 milliondan ziyodroq aholisi bor mamlakatinng 42 foizi ichimlik suvi bilan ta’minlanmagan. 1 milliondan ziyod aholining erkaklari mamlakatni tark etib, asosan Rossiyada pul ishlash bilan band.

O’zbek-tojik chegaralarida esa vaziyat og’ir. Minalashtirilgan chegaralar tozalanmayapti va hozirgacha ko’plab kishi halok bo’lgan. Mamlakatda jinoyatchilik va giyohvandlik oshmoqda. 55 ming nafar giyohvand qayd qilingan va immunitet taqchilligi virusiga chalinish hollari 20 foizga oshgan.

XS
SM
MD
LG