Markaziy Osiyo xabarlari-18 yanvar


QIRG’IZISTON

Qirg’iziston uning hududida joylashgan AQSh harbiy bazasi uchun yillik to’lov miqdorini 50 million dollarga oshirishni so’ramoqda, deydi Qirg’iziston parlamenti so’zlovchisi Omurbek Tekebayev. Ma’lumki, AQSh bazadan Afg’onistonda harbiy amaliyotlar olib borish uchun foydalanadi.

1000 gektar maydonni egallaydigan Manas havo bazasining har bir kvadrat kilometri uchun endilikda AQSh tomoni 6 dollargacha to’lashi kerak. Barcha mablag’ davlat byudjetiga borib tushishi lozim, dedi Tekebayev.

O’tgan oyda qilgan bayonotida president Qurmanbek Bakiyev rasmiy Vashington mazkur yilda havo bazasi uchun 10 baravar qimmatroq to’lashi lozim degan edi. Bunga asosiy sabab qilib Qirg’iziston prezidenti havo bazasining atrof muxitga ko’rsatayotgan ta’sirini ko’rsatgan edi.

TOJIKISTON-ERON

Tehronda rasmiy tashrif buyurgan Tojikiston prezidenti Imomali Rahmonov ikki tomonlama aloqalarni yanada kuchaytirish taklifi bilan chiqqan. Eron davlat axborot agentligining ma’lum qilishicha, Rahmonov Eron presidenti Ahmadinijod bilan uchrashar ekan, parlamentlararo aloqalar, energetika va transport sohalari va iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirishga jiddiyroq e’tibor qaratish lozim deya ta’kidladi. Hozirda Tojikistonda Anzob –Shahriston tunneli hamda Santo’da-2 elektrostantsiyasini qurish loyihalariga Eron mutaxassislari jalb etilgan.

Eron, Afg’oniston va Tojikiston energetika sohasida hamkorlikni yo’lga qo’ygan.

TURKMANISTON-AFG’ONISTON-POKISTON

Pokiston va Afg’oniston rahbarlari Turkmaniston bilan tuzilgan gaz quvuri loyihasini olqishlab, reja kelajakda uchchala mamlakatga ham birdek foyda keltirishini ta’kidladilar.

Afg’oniston Konchilik va og'ir sanoat vaziri Muhammad Sodiq va Pokistonning Yonilg’i va tabiiy boyliklar vaziri Omonulla Xonning aytishicha, uch mamlakatni birlashtiruvchi yangi gaz quvuri loyihasi katta qadam bo’lib, mazkur mamlakatlar iqtisodiyotiga salmoqli foyda keltiradi.

“Afg’oniston bugun o’z qo’shnilariga bu kabi dasturlarni amalga oshirishga yordam berib, o’zi ham bir qator loyihalardan daromad olish niyatida,” -dedi afg’on rasmiysi Muhammad Sodiq. Uning ta’kidlashicha mazkur loyiha shartlari fevral oyida Ashgabat shahrida uch mamlakatning mazkur sohadagi ma’sul vazirlari o’rtasida bo’lib o’tadigan uchrashuv chog’ida bafurja kelishib olinadi.

XS
SM
MD
LG