Breaking News

Dunyo parranda grippiga qarshi kurashga 1.9 milliard dollar ajratadi


Konferentsiya qatnashchilariga ko’ra, donor mamlakatlar virusning H5N1 turiga qarshi kurash uchun salkam ikki milliard dollar ajratmoqchi.

AQSh ajratadigan mablag’ asosan janubiy-sharqiy Osiyo mamlakatlari, xususan Indoneziya, Vietnam, Kambodja va Laosda sarflanadi, deydi AQSh delegatsiyasi rahbari Nensi Pauel.

"Parranda grippiga qarshi kurash uchun 334 million dollar ajratamiz. Buning asosiy qismi texnik yordam va o’zaro dasturlarga sarflanadi," - dedi AQSh vakili.

Yevropa 120 million dollar ajratishini bildirdi. Xitoy esa 10 million.

Xitoy bosh vaziri Ven Jiabao virusga qarshi kurashda boy davlatlar asosiy rol o’ynashini ta’kidladi.

"Mablag to’plashda rivojlangan mamlakatlar va xalqaro tashkilotlarning roli katta," -deydi Xitoy rasmiysi.

Muxbirimiz Luiz Ramirezning xabar berishicha, BMT bosh kotibi Kofi Annan anjuman qatnashchilariga video orqali murojaat qilarkan, grippga qarshi kurashga mablag’ ajratish kelajakda minglab kishilarning hayotini saqlab qoladi, dedi.

XS
SM
MD
LG