Markaziy Osiyo xabarlari-20 yanvar


TOJIKISTON

BBC radiosi Dushanbedagi FM xizmatining yopilishi vaqtinchalik xoldir deya umid bildirdi, AQSh diplomatlaridan biri. Yeyvropada Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkilotidagi AQSh missiyasi boshlig’i Kayli Skott, “Tojikiston TV va Radion qo’mitasining bunday qaror qabul qilganligi ostida hech qanday siyosiy sabablar yoq deya o’ylayman”, dedi.

Tojikiston tashkilot a’zosi sifatida uning mezonlarini qabul qilishi va mustaqil matbuot, ochiq jamiyat, ma’sul hukumat va inson huquqlari omillariga javob bermog’i lozim deya fikrini davom ettirdi janob Skott.

Uning bildirishicha, AQSh hukumati Tojikiston rasmiylarini ozod va mustaqil matbuotni qo’llab quvvatlash uchun lozim bo’ladigan barcha talablarni bajarishga chaqiradi.

2006 yil so’nggida bo’lib o’tadigan prezident saylovlarida, Tojikistonda erkin ommaviy axoborot vositalarining ochiq harakat qilishi, Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkilotining saylovlar bo’yicha belgilagan talab va qoidalaridandir deya qo’shimcha qildi AQSh diplomati, Kayli Skot.

QOZOG’ISTON

Bugun poytaxt Ostonada Qozog’iston Tashqi ishlar vaziri Qosimjomard To’qayev, AQSh-Yevropa kuchlarining bosh qo’mondoni muovini Charles Vorld bilan uchrashdi.

Janob Vorldga ko’ra tashifdan ko’zlangan asosiy maqsad, Qozo’giston mudofaa kuchlari bilan aloqalarni o’rnatish va terrorizmga qarshi kurashdagi hamkorlik masalalarini muhokama qilishdan iborat. Uchrashuvdan so’ng o’tkazilgan matbuot anjumanida janob Vorld, Qo’zog’iston hukumatiga AQShning Afg’oniston va Iroqda olib borayotgan harakatlaridagi ko’magi uchun minnatdorchilik izhor etdi.

GRUZIYA-QOZOG’ISTON

Gruziya 2009 yil Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik tashkilotining prezidentligi uchun qo’yilgan Qozog’iston nomzodligini qo’llab quvvatlaydi. Gruziya parlamenti raisi Nino Burjanadze mazkur fikrni yoqlar ekan, Qozog’iston tashkilotda ijobiy islohatlar olib borishida muhim rol o’ynashiga ishonishini bildirdi.

Hozirda Qo’zog’istonda rasmiy tashrif bilan bo’lib turgan Nino Burjanadze, yuqorida berilgan bayonotni, tashqi ishlar vaziri Qosimjomard To’qayev bilan uchrashganidan so’ng aytdi.

“Biz Qozog’iston hukumatiga sobiq sovet mamlakatlarida mavjud muammolarni hal qilishi uchun barcha mavjud imkoniyatlarni yaratib berishga tayyormiz”, dedi Burjanadze.

TURKMANISTON

Yaponiyaning ITOCHU korparatsiyasi Turkmanistonning Seydin Neftni qayta ishlash zavodini zamonaviylashtirishni rejalamoqda. Kompaniya ma’sullari bu qarorlarini ochiq e’lon qilib, yaqin kelajakda mamlakat rahbarlariga zamonaviylashtirish borasidagi yangi takliflarni taqdim etishini bildirgan.

Yaponiya hukumatining gidrokarbon resurslarni rivojlantirish informatsion markazi direktori yaqinda Ashgabatda bo’lib, Turkmaniston tomonini fevral oyida Yaponiyada bo’lib o’tadigan neft va gaz borasidagi seminarlarga taklif etdi. Seminarda, Yaponiyaning yirik nef va gaz kompniyalari rahbarlarining qatnashishi kutilmoqda.

Ma’lum bo’lishica 2005 yilning sentabr oyida Turkmaniston presidenti Saparmurot Niyozov ITOCHU delagatsiyasini qabul qilib, ularga Kaspiy bo’yida joylashgan Seydin neftni qayta ishlash zavodini modernizatsiya qilishni taklif etgan.

XS
SM
MD
LG