Markaziy Osiyo xabarlari-25 yanvar


TOJIKISTON

Jahon Banki Xalqaro Valyuta Jamg’armasi ketidan Tojikistonning tashqi qarzlarini qisqartirishini bildirdi. Bank vitse prezidenti Fransua Burgenyonning aytishicha, bu masalaga Jahon Banki boshqaruv kengashining fevral oyidagi yig’ilishida, katta sakkizlik vakillari bilan maslahatlashgach oydinlik kiritiladi.

Janob Burgenyon Tojikiston prezidenti bilan uchrashar ekan, mazkur yilda Jahon banki mamlakatga ko’proq sarmoya ajratilishini va umuman kam daromadli davlatlar orasida Tojikiston o’z iqtisodiyotini tiklash uchun samarali harakat qilayotganini ta’kidlagan. Ria Novostining xabar qilishicha, 2006 yilning 1 yanvarida kelib, Tojikistonning Jahon Banki oldidagi qarzi 307 million dollarni tashkil etgan.

Bosh kreditorlari bo’lmish Jahon Banki, Islom Taraqqiyot Banki va Osiyo Taraqqiyot Bankiga Tojikiston 507.52 million dollar qarz.

QOZOG'ISTON

Yevropa Tiklanish va Taraqqiyot banki Qozog'iston Kredit Jamg'armasiga 2 million dollar ajratishini bildirdi. Mazkur mablag' mamlakatda kichik va o’rta biznesni hamda chorvachilikni rivojlantirish uchun sarflanadi. Mazkur bayonot 24 yanvar kuni bankning Almati shahrida o’tkazgan matbuot anjumanida qilindi.

Bank vakilining bildirishicha, Qozog'iston jamg’armasining barqarorligi sabab mazkur kreditni olishga erishildi. Ma’lum bo’lishicha, ushbu mablag’ YXHT ning Qozog'istonda kichik biznesni rivojlantirish dasturining bir qismi bo'ladi. Mazkur dastur bo'yicha kichik turdagi qishloq xo'jaligi va sanoat korxonalariga 100 million dollar ajratilgan.

AFG'ONISTON

BMT Oziq Ovqat Tashkiloti Afg'oniston parranda grippi xavfi ostida ekanligini bildirib, AQShni 1.5 million dollar miqdorida yordam puli ajratishga chaqirdi.

Afg’oniston ko’plab qushlarning migratsiya yo’lida joylashgan va va dushman eshik qoqmoqda, dedi tashkilot vakili Kobul yaqinida qilgan chiqishida.

Statistik ma’lumotlarga ko’ra, Afg'onistonda 30 millionli aholining 85 foizi parrandalarga yaqin yashaydi.

XS
SM
MD
LG