Markaziy Osiyo xabarlari-27 yanvar


TOJIKISTON

Juma kuni Tojikistonning bosh harbiy mulozimlaridan biri noma’lum shaxs tomonidan otib o’ldirildi, deya xabar qiladi Reyter axborot agentligi.

Mamlakat ichki ishlaridagi manba’ning ma’lum qilishicha, Tojikiston harbiy maktablaridan birining rahbari Hakimsho Hafizov bugun ertalab otib o’ldirilgan.

Bu orada, noma’lum shaxslar Tojikiston shimolidagi qamoqxonalardan biriga xujum uyushtirib, qamoqxona boshlig’ini o’ldirganlar va tutqinlikda saqlanayotgan O’zbekiston Islom Harakati vakilini ozod qilganlar.

Mamlakat prokuroriga ko’ra, voqea Tojikistonning So’g’d viloyati, Qayroqqum tumanidagi qamoqxonada sodir bo’lgan. Qamoqxona boshlig’i Bobojon Gadiboyev, hujumchilar tomonidan o’ldirilgan. Mazkur ish yuzasidan tergov boshlangan.

QIRG’IZISTON

“RiaNovosti”ning xabar qilishicha, Qirg’iz parlamenti resolyutsiya chiqarib, mamlakat prezidenti Qurmanbek Bakiyevdan Qirg’iziston Davlat Xavfsizligi rahbarini ishdan bo’shatishni uchinchi bor so’ramoqda.

Parlament vakillarining ta’kidlashicha, Toshtemir Aitboyev boshchiligidagi huquq-tartibot organlari uyushgan jinoaytchilikka qarshi yetarlicha kurashmayapti. Parlament Aitboyevni ishdan bo’shatishga o’tgan yilning iyul oyidan beri harakat qiladi. Avvalgi ikki resolyutsiyaga president Bakiyev javob bermagan.

Aitboyevning aytishicha, bu harakatlar ortida siyosiy nayranglar yotibti. Payshanba kuni bergan bayonotida Aitboyev: “Ko’pgina deputatlar meni o’zlarining shaxsiy dushmanlari sifatida qabul qiladilar. Men o’z xohishim bilan iste’foga chiqmayman”, deya ta’kidladi.

QOZOG’ISTON-ROSSIYA

Rossiya va Qozog’iston birgalikda atom energiyasidan tinch maqsadda foydalanishga kelishib oldilar. Gazeta.kz web saytining xabar qilishicha, bu qarorga mazkur xafta ikki prezidentning Yevrosiyo Iqtisodiy Hamkorligi doirasidagi uchrashuv chog’ida kelingan.

Vladimir Putin, hamkorlik shartlari Ostonada bo’lib o’tgan avvalgi uchrashuv chog’ida muhokama qilinganini va birgalikda harakat qilishga kelishib olinganini ta’kidlagan.

Nazarboyev esa Shimoliy Kaspiydagi, Kurmangazinsk, Sentralniy, Xvalinskiy atom energiyasi depozitlari, Rossiya kompaniyalari bilan hamkorlikda, “50 ka 50” ulushi asosida ishga tushiriladi, deya ta’kidalgan.

XS
SM
MD
LG