Ona chaqaloq jasadini hojatxonaga tashlab ketgan


Rossiya matbuotida chiqqan xabarlarga ko’ra, o’zbekistonlik 24 yoshli homilador ayol payshanba kuni Toshkentdan Moskvaga kelayotganda samolyot ichida tuqqan.

Hayotga kelmasdan undan ko'z yumgan chaqaloqning jasadi keyinchalik Domodedovo xalqaro aeroportining hojatxonasidan topilgan. Ayolning o’zi esa militsiya tomonidan bir kundan so’ng Moskva kasalxonalarining birida ushlangan. Uning aytishicha, o’tgan yili ayolning nomusiga tegilgan va natijada u homilador bo’lgan. Ba’zi ma’lumotlarga ko’ra, bu ayol chaqaloqdan qutulish maqsadida unga ko’zi yorishayotgan paytda ataylab qattiq jarohatlagan. Natijada chaqaloq olamdan o’tgan va onasi uning jasadini aeroport hojatxonasidagi axlatxonaga tashlab ketgan. Aeroportdagi kuzatish kameralari ayolning shaxsini aniqlashga va uni topishga yordam bergan.

Ayol yordamga muhtoj odamni tahlikada qoldirib ketgani uchun Rossiya Jinoyat kodeksining 125-moddasiga binoan ayblanmoqda.

XS
SM
MD
LG