Putin: O'zbekistonda inqilob bo'lsa, "yangi Afg'oniston" vujudga keladi


Rossiya prezidenti Vladimir Putin 31 yanvar kunidagi nutqida 2005 yilning 13 mayida Andijonda yuz bergan qozg’olonning hukumat tomonidan bostirilganini yoqlab, O’zbekistonda inqilob yuz bergan taqdirda Markaziy Osiyoda Afg’onistonga o’xshash holat vujudga kelishi mumkin, dedi.

Putinning fikricha, uning mamlakati demokratiyadan tobora uzoqlashib bormoqda, degan tanqidlarga qaramasdan hali ham dunyoning sakkiz taraqqiy etgan yirik davlatlari qatoriga kiradi.

Bugun Kremlda bu borada gapirar ekan, Putin hech kim katta sakkizlikning “semiz mushuklar” guruhiga aylanib qolishini istamaydi, dedi. Rossiya atom kuchiga ega bo’lgani uchun ham umumbashariy xavfsizlik bobida alohida o’ringa ega va shu bois ham katta sakkizlikning a’zosidir, dedi Putin. Uning aytishicha, Rossiyada mavjud qashshoqlik muammosi davlatga boshqa kambag’al davlatlarni yaxshiroq tushunish uchun zamin yaratadi.

XS
SM
MD
LG