Markaziy Osiyo xabarlari-2 fevral


TOJIKISTON –QIRG’IZISTON

Bugun Qirg’iziston va Tojikistonning huquq-tartibot organi rasmiylari Tojikistonning Isfara shahrida uchrashib, O’zbekiston Islomiy Harakati jangarilarini qo’lga olish rejasini muhokama qildilar, deya xabar qiladi “Interfaks” axborot agentligi.

O’tgan hafta so’nggida O’zbekiston Islomiy Harakati a’zolari Tojikiston shimolidagi qamoqxonaga hujum uyushtirganlari haqida xabar bergan edik. Taxminlarga ko’ra, jangarilar Qirg’iziston janubidagi Botkent viloyatida yashiringanlar.

Qirg’iziston huquq-tartibot organidagi manbaaga ko’ra, qurollangan jinoyatchilarni tutish uchun maxsus guruh tashkil etilgan. Qidirilayotganlarning aksariyati Tojikiston va O’zbekistonda terror xurujlari qilganlikda ayblanmoqda.

AFG’ONISTON-QOZOG’ISTON-QIRG’IZISTON

London shahrida Afg’oniston mavzusida o’tgan xalqaro anjumanda Qozog'iston Tashqi ishlar vaziri Qosimjo’mart Tokayev giyohvandlik muammosi mintaqa barqarorligiga tahdid solayotganini ta’kidladi. Tokayev Qozog’iston BMTning Markaziy Osiyo axborot va nazorat markazini tashkil etish rejasini qo’llab- quvvatlashini bildirdi. Qozog’iston vakillari bundan keyin Afg’onistonga ko’mak berib, mamlakatning iqtisodiy tizimini shakllantirishda, mutaxassislarni qayta tayyorlashda, transport va ta’lim sohalarida yaqindan hamkorlik qilishlarini bildirib o’tdilar.

Qirg’iziston Tashqi ishlar vaziri Alikbek Jekshenkulov mintaqada energetika sohasini rivojlantirish kerakligi haqida gapirdi. Jeshkenkulov afg’on prezidenti Hamid Karzay bilan muzokara qildi. Uchrashuv so’nggida Karzay qirg’izistonlik hamkasbi Qurmanbek Bakiyevni Afg’onistonga taklif qildi.

Anjumanda O’zbekiston tomoni ishtirok etganligi haqida ma’lumot yo’q.

QIRG’IZISTON

AQShning Qirg’izistondagi elchisi Mari Yovanovich shu yilning mart oyida o’z qarorgohida Amerika san’at ko’rgazmasi tashkil etishini bildirdi.

AQShning Konnektikut shtati, Kent shahridagi, Solan Stainli muzeyining rassomchilik namunalari Qirg’izistonga yo’l oladi. Elchi Yovanovich Kent shahrida voyaga yetgan, shu sabab Davlat departamentining elchixonalardagi san’at dasturi orqali o’z ona shahridagi muzey na’munalarini qirg’iz halqiga namoyish etishga qaror qilgan.

XS
SM
MD
LG