Elchi Burkxard: Shveysariya O'zbekiston bilan muloqotga tayyor


Shveysariyaning O`zbekistondagi elchisi janob Piter Burkxard Amerika Ovozi bilan suhbatda uning hukumati O`zbekistonga nisbatan joriy etgan sanksiyalarni shunday izohlaydi:

- Bu choralar asosan ikki qismdan iborat: birinchisi, mamalakatdagi qurolli va ichki qo`shinlar tomonidan ishlatilishi mumkin bo`lgan tovarlar eksportini ta’qiqilash. Ikkinchisi, ro`yxati ma’lum qilingan 12 rasmiyning Sheysariyaga kirishini, mamlakat orqali o`tishini ta’qiqlshdan iborat. Shveysariya hukumati bu qarori bilan Andijon voqealaridan so`ng Yevropa Ittifoqi tomonidan O`zbekistonga nisbatan e`lon qilingan sanksiyalarni quvvatlashini bildiradi. Bunday qarorning qabul qilinishiga sabab Shveysariyada Andijon voqealaridan so`ng, darhol bu borada aytilgan va qabul qilingan pozitsiyani qo`llab-quvvatlsh bilan bo`g`liqdir. Jumladan, Andijon voqealarini o`rganish uchun mustaqil xalqaro tergovga ruxsat berilishi haqida pozitsiya, - deydi Shveysariyaning O`zbekistondagi elchisi Peter Burkxard.

Yevropa Ittifoqi tomonidan O`zbekistonga e`lon qilingan sanksiyalarda Yevropa davlatlariga kirishi ta’qiqlangan 12 nafar O`zbekiston rasmiylarining ism-shariflari keltirib o`tilgan edi. Bu mulozimlar Yevropa Ittifoqi xulosalariga ko`ra, Andijondagi voqealarni kuch bilan bostirtishda rol o’ynagan kishilardir.

Elchi Burkxardga ko`ra, hozirda O`zbekiston Tashqi ishlar vazirligi bu borada munosabat bildirib o`tgan, biroq hozircha bu munosabat diplomatik doirada o`rganilmoqda.

- Men alohida ta’kidlab o`tmoqchiman, bu choralar bundan keyin Shveysariya hukumati O`zbekiston bilan hamkorlikni to`xtatmoqchi degani emas. Aksincha, Shveysariya O`zbekiston bilan hamkorlik qilishga tayyor. Bizda bir qator hamkorlik loyihalari bor, ular davom etayapti. Shveysariya hukumati mavjud hamkorlik loyihalarini davom ettirishga tayyor. Shveysariya O`zbekiston hukumati bilan muloqotga hozirligicha qolmoqda, - deydi elchi .

Elchining aytishicha, Sheysariya nafaqat O`zbekistondagi inson huquqlari ahvoli, balki dunyo bo'ylab inson huquqlariga oid vaziyatni kuzatib borishga va bu borada o`z pozitsiyasini bildirishga harakat qilib kelmoqda.

Xalqaro va mahalliy inson huquqlari tashkilotlari tomonidan bildirilayotgan munosabatlarda Andijon voqealaridan so`ng O`zbekistondagi inson huquqlariga oid vaziyat keskin yomonlashgani ta’kidlanmoqda.

- Odatda, hozirgi kabi qaror qabul qilinishidan avval, - deydi Shveysariya elchisi, - mamlakatdagi vaziyat o`rganiladi. Vaziyat ijobiy tomonga o`zgarayaptimi, salbiy tomonga o`zgarayaptimi, shunga yarasha qaror chiqariladi. Bir narsani ta’kidlab o`tmoqchi edim, mavjud vaziyatga xolis baho berish uchun, uni o`rganishga imkoniyat yaratilishi, to`siqlar qo`yilmasligi kerak. Biz O`zbekistonda so`nggi paytlarda kechayotgan yopiq eshiklar ortidagi sud jarayonlarida qatnashish imkoniyati yo`qligidan juda afsusdamiz. To`siqlar qanchalik kam bo`lsa, vaziyatga xolis baho berishning imkoniyati shunchalik keng bo`ladi,- deydi Shvesariyaning O`zbekistondagi elchisi janob Piter Burkxard.

XS
SM
MD
LG