AQSh Senati Eronga sanksiya qo'yish taklifi bilan chiqmoqda


Senator Richard Lugar AQSh Eron masalasiga diplomatik yechim topish tarafdori ekanini yana bir bor takrorladi. Atom Energiyasi boyicha Xalqaro Boshqarma masalani BMT Xavfsizlik Kengashiga oshirishga ovoz berganidan so’ng gapirar ekan, nufuzli respublikachi senator xalqaro hamjamiyat qurollarni yoymaslik bitimlarini buzganlarga javob berishda qat’iyat ko’rsatishi kerak, dedi.

"Agar Eron BMT rezolyutsiyalari va qurollar bo’yicha bitimlarni tan olmasa, Xavfsizlik Kengashi unga qarshi kuchli sanksiyalar qo’yishi lozim. Aks holda, diplomatik muzokaralarga bo’lgan ishonch pasayadi," -deb ta’kidladi senator.

Yaqinda BMT Bosh kotibi Kofi Annan Eron masalasi atrofidagi keskinlikni yumshatish uchun diplomatiyani kuchaytirishga chaqirgan edi. U Tehron hukumatini masala Xavfsizlik Kengashiga yetmasdan oldin chora ko’rishga undadi.

Xitoyning BMTdagi elchisi esa sanktsiyalarga hamon qarshi ekanini bildirgan.

Muxbirimiz Piter Xaynlaynning xabar berishicha, kecha Tehron norozilik belgisi sifatida Atom Energiyasi bo’yicha Xalqaro Boshqarmadan mamlakatdagi harbiy inshootlarni tekshirish faoliyatini to’xtatishni so’ragan.

XS
SM
MD
LG