Markaziy Osiyo xabarlari-8 fevral


QIRG’IZISTON

15-28 fevral kunlari Xalqaro Valyuta Jamg’armasi missiyasi Qir’gizistonga tashrif buyuradi, deya xabar qiladi Qirg’iziston Milliy Banki.

Missiyaning maqsadi mamlakatda qashshoqlikni kamaytirish va iqtisodiy o’sishni ta’minlash dasturining samarasini ko’rib chiqish, bu yilgi iqtisodiy dastur ustida kelishib olish va davlat byudjeti masalalarini muhokama qilishdan iborat.

Jahon Banki va Xalqaro Valyuta Jamg’armasi rasmiylari Qirg’iziston mutasaddilari bilan uchrashib, qashshoq mamlakatlarning tashqi qarzlarini kamaytirish yo’llarini ham muhokama qilish niyatida.

Feliks Kulovga AQShlik yordamchi tayinlandi

REGNUM axborot agentligining xabar qilishicha, Tomas Laniyer Qirg’iziston Bosh vaziri Feliks Kulovga iqtisodiy va moliyaviy yordamchi etib tayinlanadi.

Hukumat matbuot xizmati tarqatgan ma’lumotga ko’ra, Laniyer yaqin kunlarda lavozimiga kirishadi. AQShga qilgan tashrifi davomida Kulov rasmiy Vashingtondan iqtisodiy va moliyaviy yordamchi yuborishini so’ragan edi. “Bizga har ikki mamlakatni yaxshi biladigan, va iqtisodiy sohada katta tajribaga ega bo’lgan mutaxassis kerak”, degan edi Kulov tashrifi davomida.

Tomas Laniyer sobiq Sovet mamlakatlari xududida 1996-2002 yillar davomida ishlab, tajriba orttirgan. U moliyaviy maslahat bergan mamlakatlar qatoriga Qozog’iston, Latvia, Litva, Sloveniya, Ukraina, O’zbekiston va Vengriya kiradi.

Qirg’iziston Parlamenti so’zlovchisi iste’fo e’lon qilmoqchi

Bugun Qirg’iziston parlamenti so’zlovchisi Omurbek Tekebayev lavozimidan ketish niyati borligini bildirdi. Tekebayevga ko’ra, bu uning shaxsiy qarori va 13 fevral kuni bu haqda rasmiy tarzda ma’lum qilishini aytgan.

7 fevral kuni parlament sessiyasida Qir’giziston byudjeti ikkinchi oq’ishdan o’tgach, bir qator muammolar yuzaga kelgan va shundan so’ng Tekebayev iste’fosini e’lon qilgan, deyishadi kuzatuvchilar.

“Ayrim qonunlar ikki oy ichida tasdiqdan o’tib ishga tushishi lozim, biroq prezident qonunlarimizni bir oyda ham o’qib ulgurmaydi. Biz parlament vakillarininig himoyasi uchun 49.000 dollar mablag’ ajratyapmiz, prezidentni qo’riqlash uchun esa yiliga 2.4 million dollar sarflanyapti. Byudjetimizda ayrim kamomadlar xisobga olinmayapti, ortiqcha xarajatlardan qochish lozim”, dedi Tekebayev parlament yi’gilishida. Mamlakat byudjetining uchinchi o’qilishi ertaga 9 fevral kuni bo’lib o’tadi.

TURKMANISTON

Turkmaniston prezidenti mamlakat pensiya tizimini isloh qilmoqda. Niyozov tomonidan taklif etilgan yangi qonunga ko’ra, 400 mingga yaqin pensionerdan 100 ming nafari pensiyalaridan mahrum bo’lganlar. Shuningdek, davlat tomonidan beriladigan imtiyozlarning 20 foizi qisqartirilgan. Islohotlardan avval o’rtacha pensiya miqdori 40 dollarni tashkil etar edi. Turkmanistonda pensiya yoshi erkaklar uchun 62, ayollar uchun 57 deb belgilangan.

XS
SM
MD
LG