Putin YXHTni sobiq ittifoq hayotiga aralashayotganlikda ayblamoqda


Rossiya prezidenti Vladimir Putin Yevropada Xavfsizlik va Hamkotlik Tashkilotini sobiq Sovet ittifoqi ichki hayotiga aralashayotganlikda ayblamoqda.

Tashkilot Yevropani xavfdan himoya qilish uchun tashkil etilgan edi, sobiq Sovet hududini kuzatish uchun emas, deydi Putin. Uning aytishicha, Rossiya tashkilot bilan ishlashga tayyor, ammo uning qarorlarida har bir a’zo davlat o’z hissasini qoshmog’i, o’z vakolatiga ega bo’lmog’i lozim.

Kreml Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkilotini Ukraina va Gruziyadagi prezident saylovlariga aralashganlikda ham ayblagan edi.

XS
SM
MD
LG